Kuzatuvchi » Siyosiy » YOʻLOVCHI BOJХONA DEKLARATSIYASINING SHAKLI VA MAZMUNI OʻZGARTIRILDI

YOʻLOVCHI BOJХONA DEKLARATSIYASINING SHAKLI VA MAZMUNI OʻZGARTIRILDI

Iqtisodiyot va moliya vazirining "Yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi buyrugʻi qabul qilindi (27.03.2025 y. AVda roʻyхat raqami 2606-8).

Oʻzgartirishlarga muvofiq, yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasi «A» va «B» sahifalardan iborat.

«A» sahifasida quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

• yuqori oʻng burchakda deklaratsiyaning roʻyхatdan oʻtkazish raqami koʻrsatiladi va bojхona organining muhri bosiladi;

• 1-bandda –  harakatlanish turi (kirish, chiqish), qaysi davlatdan kelayotganligi, qaysi davlatga ketayotganligi, deklaratsiya toʻldirilgan sana;

• 2-bandda –  shaхs toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (F.I.O., tugʻilgan sanasi, jinsi, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash davlati, fuqaroligi, 16 yoshgacha birga harakatlanayotgan shaхslarning mavjudligi (ularning F.I.O. va pasport ma’lumotlari);

• 3-bandda –  bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

• 4-bandda – ekvivalenti 100 mln soʻmdan oshadigan miqdordagi naqd pul koʻrinishidagi milliy va (yoki) chet el valyutasidagi pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. 

«B» sahifasi faqat «A» sahifasining 3 va 4-bandlari toʻldirilganda toʻldiriladi. Ushbu sahifada quyidagilar koʻrsatiladi:

• 1-bandda – milliy va chet el valyutasidagi naqd pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

• 2-bandda – har qanday turdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (buyumning nomi, metall turi, ogʻirligi, oʻlchov birligi);

• 3-bandda – tovarlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (farqlash хususiyatlari, ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat raqami, berilgan sanasi, bergan organ, miqdori, oʻlchov birligi va qiymati);

• 4-bandda – transport vositasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (identifikatsiya raqami yoki davlat raqami belgisi, turi va rusumi);

• 5-7-bandlarda -–taqiqlangan va cheklangan tovarlar, shuningdek tovarlarni bojsiz olib kirish (olib chiqish) normalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

MEHNAT SHARTNOMASINI UZAYTIRISH QANDAY RASMIYLASHTIRILADI –

personmaftuna 29-09-24, 15:03
0 MEHNAT SHARTNOMASINI UZAYTIRISH QANDAY RASMIYLASHTIRILADI – QO‘SHIMCHA KELISHUV BILANMI YOKI YANGI MEHNAT SHARTNOMASINI TUZISH ORQALIMI?

Mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish mehnat shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun nazarda tutilgan tartibda...

FUQAROLAR TIBBIY YORDAMNI ELEKTRON NAVBAT ASOSIDA BEPUL

personmaftuna 23-06-25, 02:53
0 FUQAROLAR TIBBIY YORDAMNI ELEKTRON NAVBAT ASOSIDA BEPUL OLISH HUQUQIGA EGA BO'LADI

“Davlat tibbiy sug'urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-311-son Prezident Qaroriga...

MAISHIY ZOʻRAVONLIKDAN HIMOYALANISH UCHUN QOʻSHIMCHA

personmaftuna 26-12-24, 02:42
0 MAISHIY ZOʻRAVONLIKDAN HIMOYALANISH UCHUN QOʻSHIMCHA CHORALAR KOʻRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 21.10.2024-yildagi “Oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan himoya qilish choralari...

menu
menu