ZARGARLIK UCHUN QIMMATBAHO TOSHLARNI OLIB KIRISH SOLIQDAN OZOD QILINDI
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-926-son, 13.05.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.
Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra:
- Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O'zbekiston hududiga olib kirish qo'shilgan qiymat solig'idan 2024 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha ozod qilinadi.
- Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo'nalishdagi xizmatlarni ko'rsatishdan olgan foydasi 2026 yil 1 yanvargacha foyda solig'idan ozod qilinadi.
“Turizm to'g'risida”gi Qonuniga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra:
Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etiladi.
Raisa TIMOFEYEVA,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
НАМАНГАН ДАВЛАТ ТЕХНИКА УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 17-03-25, 10:57“Наманган давлат техника университетини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-23-сон, 24.01.2025 й.) қабул...
YOSHLARNI KASBGA VA CHET TILLARIGA O‘QITISH TIZIMI
personmaftuna 04-06-24, 14:07“Yoshlarni kasbga (mutaxassislikka) va chet tillariga o'qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari...
“UMRA” XIZMATLARI SIFATSIZ KO‘RSATILGANDA ZIYORATCHILARGA
personmaftuna 17-02-24, 03:07Qonunchilikka muvofiq, turistik faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega “Umra” xizmatlarini ko'rsatish faoliyati...