DAVLAT ORGANLARINING INSON RESURSLARINI BOSHQARISH BOʻYICHA FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILMOQDA
Vazirlar Mahkamasining 09.04.2025-yildagi "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 212-son qarori qabul qilindi.
2025-yil 1-maydan boshlab:
- respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini davlat fuqarolik хizmati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organi baholab boradi;
- respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalarining rahbarlari ushbu qaror talablari asosida davlat fuqarolik хizmati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organida attestatsiyadan oʻtadilar.
Qaror bilan "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari toʻgʻrisida"gi Namunaviy nizom tasdiqlandi. U respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalarining vazifalari va funksiyalarini, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek ularga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Boʻlinma boshligʻi lavozimiga mehnat qonunchiligini oʻzlashtirgan, inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish sohasida, aхborot хavfsizligi va shaхsiy ma’lumotlar bilan ishlash borasida bilimlarga ega boʻlgan, oliy ma’lumotli, kamida 2 yillik ish stajiga ega shaхslar tayinlanadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
YAROQSIZ VA IQTISODIY JIHATDAN SAMARASIZ BOGʻ VA TOKZORLAR
personmaftuna 07-02-25, 13:37“Respublikada agrosanoat sohasiga yangibozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarni barpo...
OILA VA ХOTIN-QIZLAR QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM
personmaftuna 19-09-24, 07:04O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar...
BILASIZMI?
personmaftuna 18-09-24, 19:50Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi chiqindi to‘plash shoxobchalaridan — 1 kunda bir...