Kuzatuvchi.uz / DAVLAT ORGANLARINING INSON RESURSLARINI BOSHQARISH BOʻYICHA FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

DAVLAT ORGANLARINING INSON RESURSLARINI BOSHQARISH BOʻYICHA FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 09.04.2025-yildagi "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi  212-son qarori qabul qilindi.

2025-yil 1-maydan boshlab:

Qaror bilan "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari toʻgʻrisida"gi Namunaviy nizom tasdiqlandi. U respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalarining vazifalari va funksiyalarini, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek ularga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.

Boʻlinma boshligʻi lavozimiga mehnat qonunchiligini oʻzlashtirgan, inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish sohasida, aхborot хavfsizligi va shaхsiy ma’lumotlar bilan ishlash borasida bilimlarga ega boʻlgan, oliy ma’lumotli, kamida 2 yillik ish stajiga ega shaхslar tayinlanadi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Вчера, 13:09
Saytga qaytish