«YASHIL ENERGIYA» SERTIFIKATLARINI BERISH VA MUOMALAGA KIRITISH TARTIBI OʻZGARTIRILDI
Vazirlar Mahkamasining 14.04.2025-yildagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kengaytirilishi hamda «yashil moliyalashtirish» meхanizmlarining takomillashtirilishi munosabati bilan «Yashil energiya» sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi 225-son qarori qabul qilindi.
Qoʻshimchalarga muvofiq, generatsiya ob’yektini roʻyхatdan oʻtkazganlik uchun Markaziy bankning rasmiy kursi boʻyicha milliy valyutada quyidagi miqdorlarda bir martalik yigʻim undiriladi:
- quvvati 1 MVt gacha boʻlgan generatsiya obyektlari uchun – 100 yevro;
- quvvati 1 MVtdan 5 MVtgacha boʻlgan generatsiya obyektlari uchun – 500 yevro;
- quvvati 5 MVtdan 10 MVtgacha boʻlgan generatsiya obyektlari uchun – 1000 yevro;
- quvvati 10 MVtdan 50 MVtgacha boʻlgan generatsiya obyektlari uchun – 1 500 yevro;
- quvvati 50 MVtdan yuqori boʻlgan generatsiya obyektlari uchun – 2 000 yevro.
Sertifikatlarni chiqarish uchun ariza beriladi va quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
- yagona elektr energetikasi tarmogʻiga uzatilgan elektr uchun:
- CCD04 shakldagi toʻldirilgan va imzolangan soʻrovnoma (generatsiya ob’yekti yoki ob’yektlari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori, ishtirokchi nomi);
- korхonaning umumiy faoliyati toʻgʻrisida ma’lumotlar;
- elektr energiyasi ishlab chiqarish davomiyligi va uning hajmi (kVt.s);
- generatsiya ob’yektlarida elektr energiyasini ishlab chiqarish holati "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ ("Oʻzenergosotish" AJ yoki "Xududiy elektr tarmoqlari" AJ) tomonidan tasdiqlangan hujjat;
- sertifikat chiqarish uchun moʻljallangan registrantning ishtirokchi akkaunti ma’lumotlari;
- toʻgʻridan-toʻgʻri soʻnggi foydalanuvchiga uzatilgan elektr uchun:
- CCD04 shakldagi toʻldirilgan va imzolangan soʻrovnoma;
- korхonaning umumiy faoliyati toʻgʻrisida ma’lumotlar;
- elektr energiyasi ishlab chiqarish davomiyligi va uning hajmi (kVt.s);
- elektr energiyasini toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilgan soʻnggi foydalanuvchi va generatsiya ob’yekti egasi tomonidan tuzilgan muayyan davrda uzatilgan elektr hajmini tasdiqlovchi dalolatnoma;
- sertifikat chiqarish uchun moʻljallangan registrantning ishtirokchi akkaunti ma’lumotlari;
- generatsiya obyektlarida elektr energiyasini ishlab chiqarish holati boʻyicha elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimidan olingan va elektr energiyasini sotib oluvchi tomonidan tasdiqlangan hujjat.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ТАДБИРКОРЛАРНИНГ БАРҚАРОРЛИК РЕЙТИНГИНИ АНИҚЛАШ ТАРТИБИ
personmaftuna 12-03-24, 02:09Ҳукумат қарори (55-сон, 30.01.2024 й.) билан Тадбиркорлик субъектларининг барқарорлик рейтингини аниқлаш тартиби...
DAVLAT XIZMATCHISI TADBIRKOR YOKI UNING MUASSISI BO‘LISHI
personmaftuna 20-10-24, 14:53(O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-788-son Qonuni 13-moddasida Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq...
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH SHAKLLARI
personmaftuna 18-03-24, 01:50Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning maqsadi — xodimlarning egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars...