Kuzatuvchi » Siyosiy » TA’MINLANGAN KREDITLAR BOʻYICHA TALABLARNI QONDIRISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

TA’MINLANGAN KREDITLAR BOʻYICHA TALABLARNI QONDIRISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

Prezident tomonidan 22.04.2025-yildagi "Kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1060-son Qonun imzolandi. 

Garov toʻgʻrisidagi qonunga kiritilayotgan qoʻshimchalarga muvofiq, garov bilan ta’minlangan majburiyatning buzilishi quyidagi shartlar bir vaqtda mavjud boʻlganda arzimas hisoblanadi:

•  agar qarzdor tomonidan qoplanmagan, garov bilan ta’minlangan majburiyat summasi garov qiymatining 15 foizidan kam boʻlsa;

•  agar garov bilan ta’minlangan majburiyatning bajarilishi kechiktirilishi surunkasiga 3 oydan oshmasa.

Savdolarda garovga qoʻyilgan mol-mulkning boshlangʻich sotish narхi garovga qoʻyuvchi va garovga oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Ular oʻrtasida mol-mulk narхi boʻyicha kelishmovchiliklar mavjud boʻlganda mustaqil baholovchi tashkilot jalb etiladi va garovning dastlabki qiymati bozor qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda baholash bilan bogʻliq barcha хarajatlar mustaqil baholovchi tashkilotni jalb etgan tomon hisobidan qoplanadi.

Takroriy savdolar oʻtmagan deb e’lon qilinganda, garovga oluvchi garov narsasini takroriy savdolardagi sotilmagan garov narsasining boshlangʻich sotish narхidan 25 foizdan (ilgari - 10 foizdan) koʻp boʻlmagan miqdorda pasaytirilgan bahoda oʻzida qoldirish huquqiga ega.

Fuqarolik kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga muvofiq, sud tartibida kreditni muddatidan ilgari undirishda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, kreditor birinchi navbatda belgilangan muddatda qaytarilmagan qarzning bir qismini undirish uchun sudga murojaat qiladi. Bunda, agar qarz oluvchi muddati oʻtgan qarzdorlikni toʻliq soʻndirmagan boʻlsa, kreditor kreditning qolgan butun summasini muddatidan ilgari qaytarish talabi bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

TEMIRYO‘LLARDA YUK TASHISH TARIFLARI 1-DEKABRDAN 30 FOIZGA

personmaftuna 16-12-24, 11:49
0 TEMIRYO‘LLARDA YUK TASHISH TARIFLARI 1-DEKABRDAN 30 FOIZGA OSHIRILADI

Bu qaror vagonlarga bog‘liq xarajatlar oshgani va vagon parklarini yangilash zarurati tufayli qabul qilingan. 2024-yil...

КАРАНТИН ОСТИДАГИ МАҲСУЛОТНИ ЭКСПОРТ ҚИЛУВЧИЛАР УЧУН ҚУЛАЙ

personmaftuna 30-01-25, 11:33
0 КАРАНТИН ОСТИДАГИ МАҲСУЛОТНИ ЭКСПОРТ ҚИЛУВЧИЛАР УЧУН ҚУЛАЙ ШАРТ-ШАРОИТЛАР ЯРАТИЛАДИ

Қонун (ЎРҚ-1020-сон, 20.01.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва ўзгартиришлар киритилди. “Ўсимликлар...

FIRMA NOMIDA QANDAY PRINSIPLARGA ZID BO‘LGAN BELGILAR

personmaftuna 29-06-24, 09:44
0 FIRMA NOMIDA QANDAY PRINSIPLARGA ZID BO‘LGAN BELGILAR KO‘RSATILMASLIGI KERAK?

O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan Firma nomida: davlatning rasmiy...

menu
menu