Kuzatuvchi » Siyosiy » TALABGORLAR ARXIV HUJJATLARINI TARTIBGA KELTIRISHGA KOMPETENTLIGI YUZASIDAN ATTESTATSIYADAN O‘TKAZILADI

TALABGORLAR ARXIV HUJJATLARINI TARTIBGA KELTIRISHGA KOMPETENTLIGI YUZASIDAN ATTESTATSIYADAN O‘TKAZILADI

Hukumat qarori (208-son, 08.04.2025-y.) bilan “Talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti” tasdiqlandi. 

Reglament tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga masʼul shaxsning kompetentligi yuzasidan uni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Davlat xizmati vakolatli organ tomonidan Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi.

Attestatsiya tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga qo‘yiladigan malaka talablariga talabgorning muvofiqligini aniqlash va kasbiy malaka darajasini xolisona baholash maqsadida o‘tkaziladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun BHM ning 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

O‘tkazilgan attestatsiya natijasi bo‘yicha tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirish bo‘yicha tegishli kompetentga ega deb topilgan talabgorga QR-kod qo‘yilgan guvohnoma yuboriladi. 

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i.

Boshqa maqolalar

АКАДЕМИЯ БИТИРУВЧИЛАРИГА ДАВЛАТ НАМУНАСИДАГИ ДИПЛОМ БЕРИЛАДИ

personmaftuna 04-06-24, 14:01
0 АКАДЕМИЯ БИТИРУВЧИЛАРИГА ДАВЛАТ НАМУНАСИДАГИ ДИПЛОМ БЕРИЛАДИ

Қарорга кўра, ( https :// t . me / huquqiyaxborot /15983) Академияда ўқув жараёни 2025/2026 ўқув йилидан бошланади....

MA’RIFIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI BELGILANDI

personmaftuna 16-12-24, 19:18
0 MA’RIFIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI BELGILANDI

Joriy yilning 5-noyabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ma’rifiy faoliyatni...

YASHIL KORPORATIV OBLIGATSIYALAR QANDAY CHIQARILADI?

personmaftuna 28-06-24, 12:07
0 YASHIL KORPORATIV OBLIGATSIYALAR QANDAY CHIQARILADI?

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar...

menu
menu