Kuzatuvchi » Siyosiy » 2025-2030 YILLARDA DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH STRATEGIYASI TASDIQLANDI

2025-2030 YILLARDA DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH STRATEGIYASI TASDIQLANDI

Hukumat qarori (210-son, 08.04.2025-y.) bilan “2025-2030 yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi” tasdiqlandi. 

Davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlarni tizimlashtirish, byudjet barqarorligini taʼminlash va intizomini kuchaytirish orqali byudjet taqchilligini qisqartirib borish, byudjet ochiqligini taʼminlash, soliq maʼmurchiligini yaxshilash va uning samaradorligini yana-da oshirish, byudjet xarajatlari natijadorligiga erishish, davlat qarzini makroiqtisodiy xavfsiz darajada ushlab turish va Davlat byudjeti likvidliligini oshirish Strategiyaning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

Quyidagilar Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi, jumladan:

byudjet intizomini taʼminlash mexanizmlarini kuchaytirish;

o‘rta muddatli byudjetlashtirishda strategik ustuvorlikni taʼminlash;

davlat xarajatlari va investitsilarining samaradorligi hamda natijadorligini oshirish.

Strategiyani amalga oshirish davri 2025-yildan 2030-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, unda qayd etilgan ustuvor yo‘nalishlar doirasida 16 ta maqsad belgilab olingan.

Shuningdek, mazkur maqsadlarga bosqichma-bosqich erishishni taʼminlovchi vazifalar va amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

НАМАНГАН ДАВЛАТ ТЕХНИКА УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

personmaftuna 25-08-25, 02:35
0 НАМАНГАН ДАВЛАТ ТЕХНИКА УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Наманган давлат техника университетини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-23-сон, 24.01.2025 й.) қабул...

  XODIM SINOV MUDDATI DAVRIDA ISHDAN BOʻSHAGANDA NEUSTOYKA

personmaftuna 21-09-24, 07:08
0   XODIM SINOV MUDDATI DAVRIDA ISHDAN BOʻSHAGANDA NEUSTOYKA TOʻLAYDIMI?

Mehnat kodeksida mehnat shartnomasi taraflari mehnat shartnomasi muddatidan oldin tugatilganda neustoyka toʻlashi shart...

IJOD ERKINLIGI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

personmaftuna 22-03-25, 11:39
0 IJOD ERKINLIGI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Kreativ iqtisodiyot ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligiga asoslanadi. Barcha shaxslar kreativ industriya...

menu
menu