Kuzatuvchi » Siyosiy » ODAM O‘LISHIGA SABAB BO‘LGAN TARZDA SHAHARSOZLIK TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK BELGILANDI

ODAM O‘LISHIGA SABAB BO‘LGAN TARZDA SHAHARSOZLIK TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK BELGILANDI

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz obyektlarni qurganlik, qonunchilikni buzgan holda ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni o‘zgartirganlik va (yoki) rekonstruksiya qilganlik, shuningdek binolar va inshootlarni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, ularni rejalashtirish va qurish loyihalarini buzgan holda loyihalashtirganlik, rekonstruksiya qilganlik va qurganlik uchun javobgarlik yuzaga kelishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Bunda jinoiy javobgarlik aybdor shaxslar ushbu huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortib bo‘linganidan keyin yuzaga keladi. Odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan tarzda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik kiritilmoqda.

Shuningdek, qonunchilikni buzgan holda ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni o‘zgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq jinoyatni birinchi marta sodir etgan hamda amalga oshirilgan o‘zgartirish yoki buzilishlarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan shaxs javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini amalga oshirish doirasida beriladigan ko‘rsatmalarini buyurtmachilar tomonidan bajarmaganlik, shuningdek obyektlarni ekspert tashkilotlarning shaharsozlik hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz qurganlik uchun javobgarlikni belgilovchi normalar bilan to‘ldirilmoqda. 

Shuningdek, shaharsozlik sohasidagi qoidabuzarliklar uchun solinadigan jarimalar miqdorlarini ko‘paytirish nazarda tutilmoqda.

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

BARCHA TOIFADAGI TADBIRKORLARGA MEHMONXONA QURISH UCHUN

personmaftuna 24-09-25, 00:31
0 BARCHA TOIFADAGI TADBIRKORLARGA MEHMONXONA QURISH UCHUN KREDITLAR AJRATILADI

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish...

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR JAMOAT TRANSPORTIDA

personmaftuna 16-12-24, 11:26
0 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR JAMOAT TRANSPORTIDA HARAKATLANGANIDA QANDAY IMTIYOZLAR MAVJUD?

Maktabgacha yoshdagi bolali yo‘lovchilar, homilador ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksa fuqarolar uchun...

ЖАҲОН САВДО ТАШКИЛОТИГА АЪЗО БЎЛИШДА МУҲИМ ҚАДАМ — 5 ТА

personmaftuna 12-03-24, 02:27
0 ЖАҲОН САВДО ТАШКИЛОТИГА АЪЗО БЎЛИШДА МУҲИМ ҚАДАМ — 5 ТА ҚОНУН ЖСТ БИТИМЛАРИГА УЙҒУНЛАШТИРИЛДИ

Адлия вазирлиги томонидан ишлаб чиқилган “Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига Ўзбекистон Республикаси...

menu
menu