Kuzatuvchi » Siyosiy » OMMAVIY TARTIBSIZLIKLAR SODIR ETISH MAQSADIDA O‘QUVDAN O‘TGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANDI

OMMAVIY TARTIBSIZLIKLAR SODIR ETISH MAQSADIDA O‘QUVDAN O‘TGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANDI

Qonun bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasiga ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik hamda ushbu faoliyatni moliyalashtirganlik uchun javobgarlikni belgilovchi o‘zgartirish kiritish nazarda tutilmoqda.

Qonunga ko‘ra, shaxsning ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tishi, shu jumladan ommaviy tartibsizliklarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va ko‘nikmalarini egallashi, o‘quv chog‘ida qurol-yarog‘, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini o‘rganishi, –

BHMning 300 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Shuningdek, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u o‘quvdan o‘tganligi to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday o‘quvdan o‘tgan, o‘quvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek o‘quv o‘tkazilgan joyni aniqlashga faol ko‘maklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi belgilandi.

D.AZAMATOVA,

Shovot tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ҲАМЖАМИЯТЛАРНИ МУСТАҲКАМЛАШ ВА ИЖТИМОИЙ ФАРОВОНЛИКНИ

personmaftuna 18-09-24, 20:58
0 ҲАМЖАМИЯТЛАРНИ МУСТАҲКАМЛАШ ВА ИЖТИМОИЙ ФАРОВОНЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ МАРКАЗИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ

Вазирлар Маҳкамасининг 24.06.2024 йилдаги “Ҳамжамиятларни мустаҳкамлаш ва ижтимоий фаровонликни ривожлантириш марказини...

ESKIRGAN UYLAR O‘RNIDA ZAMONAVIY KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR

personmaftuna 16-12-24, 11:12
0 ESKIRGAN UYLAR O‘RNIDA ZAMONAVIY KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURISH UCHUN “RENOVATSIYA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN QABUL QILINISHI MUMKIN

Prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq so‘zladi....

SERVITUT HUQUQI

personmaftuna 28-03-24, 01:58
0 SERVITUT HUQUQI

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 73-moddasiga ko`ra, ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa...

menu
menu