Kuzatuvchi » Siyosiy » UMUMMILLIY BIRDAMLIK BOG'LARINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI BELGILANDI

UMUMMILLIY BIRDAMLIK BOG'LARINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI BELGILANDI

“Umummilliy birdamlik bog'larini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori   qabul qilindi. Unga ko'ra, 2025–2030-yillarda umummilliy birdamlik bog'larini tashkil etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 2025-yil 15-maygacha istirohat bog'larining namunaviy loyihasi ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi. Namunaviy loyiha ishlab chiqish va ularni tashkil etishda quyidagilar nazarda tutiladi, jumladan:

bog'larning 60 foiz hududida yashil maydon sifatida daraxt va butalar ekish, piknik zonalar, yosh bolalar uchun maxsus jihozlangan qumloqlar, ochiq osmon ostidagi kichik kutubxonalar, tasviriy va amaliy san'at bilan shug'ullanish hududlari hamda tashrif buyuruvchilar tinchligini buzmaydigan boshqa elementlar orqali sokin hududlar tashkil etish;

sokin hududlarni tashkil etishda daraxt va butalarga zarar yetkazmaslik va nobud qilmaslik maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali qo'riqlanadigan chegaralarni belgilash hamda daraxtlarni sug'orish tizimini qayta ko'rib chiqish va uning samarali faoliyatini ta'minlash;

velosiped yo'lakchalari, bolalar attraksionlari va oilaviy dam olish uchun boshqa obyektlarni o'z ichiga olgan oilaviy madaniy dam olish maydonlarini barpo etish.

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

ДАВЛАТ ХАРИДЛАРИНИ КОРПОРАТИВ БАНК КАРТАЛАРИ ОРҚАЛИ АМАЛГА

personmaftuna 24-08-25, 19:35
0 ДАВЛАТ ХАРИДЛАРИНИ КОРПОРАТИВ БАНК КАРТАЛАРИ ОРҚАЛИ АМАЛГА ОШИРИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори (108-сон, 24.02.2025 й.) билан “Давлат харидларини корпоратив банк карталари орқали амалга ошириш...

TOSHKENT VA JIZZAХ VILOYATLARIDA CHARM-POYABZAL SANOATI

personmaftuna 01-06-24, 02:07
0 TOSHKENT VA JIZZAХ VILOYATLARIDA CHARM-POYABZAL SANOATI KLASTERLARI TASHKIL ETILADI

Prezidentning 20.05.2024-yildagi “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi...

BILASIZMI?

personmaftuna 21-02-24, 06:48
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi: 🔹 tovar kelib...

menu
menu