ICHKI BOZORDA RAQOBAT MUHITI RIVOJLANTIRILADI
“Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, ichki bozorda raqobat muhitini rivojlantirish sohasida quyidagilar belgilandi, jumladan:
olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi 1994-yildagi Tariflar va savdo bo'yicha General kelishuv (GATT) va 1994-yildagi mazkur kelishuvning VII-moddasini qo'llash to'g'risidagi Kelishuvda belgilangan umumiy tamoyil va qoidalarga to'liq muvofiq keltiriladi; tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda imtiyozlar yoki maxsus bojxona rasmiylashtiruvi tartiblari, jumladan, muayyan aniqlash usullarini qo'llashga yo'l qo'yilmaydi.
Shuningdek, xavf darajasi yuqori bo'lgan mahsulotlarni majburiy davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi bekor qilinib, ularga muvofiqlik to'g'risidagi deklarasiya rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi. 2025-yil 1-maydan boshlab muvofiqlik deklarasiyasini sertifikatlashtirish organlarida ro'yxatdan o'tkazish tartibi bekor qilinadi hamda ularni shakllantirish va hisobga olish Texnik tartibga solish axborot tizimi (TRIS) orqali amalga oshiriladi.
D.AZAMATOVA,
Shovot tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
TOVARNING KELIB CHIQISH MAMLAKATI TOʻGʻRISIDAGI DASTLABKI
personmaftuna 05-05-24, 12:22O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining “Tovarning kelib chiqish mamlakati toʻgʻrisidagi dastlabki...
“E-SAYLOV” AXBOROT TIZIMI QANDAY ISHLAYDI?
personmaftuna 24-09-24, 07:04O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining "E-saylov" axborot tizimi reglamentini tasdiqlash...
БОЛА ПАРВАРИШИ ТАЪТИЛИДА БЎЛГАНЛИК ДАВРИ ҚАНДАЙ АНИҚЛАНАДИ?
personmaftuna 03-08-24, 01:59Болани парваришлаш таътилида бўлиш даври қуйидаги даврларни ташкил этади: -1 йил — 1971 йил 1 январдан 1983 йил 1...