DAVLAT QARZI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?
Davlat qarzi davlat ichki qarzini va davlat tashqi qarzini o‘z ichiga oladi. Davlat qarzi qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan muddatga), o‘rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo‘lgan muddatga) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq muddatga), O‘zbekiston Respublikasi valyutasida yoki chet el valyutalarida bo‘lishi mumkin. Davlat qarzi O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyatlarini va davlat kafolatini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyati O‘zbekiston Respublikasi nomidan mablag‘ jalb qilish natijasida yuzaga keladigan majburiyat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi ushbu majburiyat bo‘yicha qarz beruvchi oldida davlat qarziga oid shartnomaga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgar bo‘ladi. Agar qarz beruvchilar bir nechta bo‘lsa, qarz beruvchilar guruhida vakolatli boshqaruvchining vazifalarini bajaruvchi shaxs qarz beruvchi bo‘lishi mumkin.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QANDAY OILALAR KAM TA’MINLANGAN OILA HISOBLANADI?
personmaftuna 30-09-24, 22:24Vazirlar Mahkamasining 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan; Oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik...
ALIMENT UCHUN CHET ELGA CHIQISHGA QOʻYILGAN TA'QIQNI OLIB
personmaftuna 01-05-24, 11:06MUHIM 6 TA QOIDA Aliment toʻlovchi ayrim shaxslarning bevosita daromad manbai chet elga chiqish, migratsiya bilan...
XORIJIY KOMPANIYALARNING AKKREDITATSIYA PASPORTI TASDIQLANDI
personmaftuna 30-04-24, 00:33Vazirlar Mahkamasining 07.02.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida х orijiy tijorat tashkilotlarining vakolat...