Davlat qarzi davlat ichki qarzini va davlat tashqi qarzini o‘z ichiga oladi. Davlat qarzi qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan muddatga), o‘rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo‘lgan muddatga) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq muddatga), O‘zbekiston Respublikasi valyutasida yoki chet el valyutalarida bo‘lishi mumkin. Davlat qarzi O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyatlarini va davlat kafolatini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyati O‘zbekiston Respublikasi nomidan mablag‘ jalb qilish natijasida yuzaga keladigan majburiyat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi ushbu majburiyat bo‘yicha qarz beruvchi oldida davlat qarziga oid shartnomaga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgar bo‘ladi. Agar qarz beruvchilar bir nechta bo‘lsa, qarz beruvchilar guruhida vakolatli boshqaruvchining vazifalarini bajaruvchi shaxs qarz beruvchi bo‘lishi mumkin.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.