QANDAY HOLLARDA MA’MURIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN OZOD QILISH TARTIBI QO’LLANISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?
Tadbirkorlik subyektlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda, jismoniy shaxslar — o‘z huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab berilgan arizalar bo‘yicha, nodavlat notijorat tashkilotlari — o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda ma’muriy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi. O’zbekiston Respublikasining Davlat boji to’g’risidagi qonuniga asosan boshqa hollarda ham davlat bojidan ozod qilish tartibi qo’llanadi.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
“АЁЛЛАР ДАФТАРИ”ГА КИРИТИЛГАНЛАРГА БЕРИЛГАН 10 ТА ИМТИЁЗЛАР
personmaftuna 14-12-24, 11:431. Бандлиги таъминланади; 2. Тадбиркорликка жалб қилинади; 3. Тадбиркорлик фаолиятини бошлаш ва ўзини ўзи банд қилиш...
YOQILG‘I-ENERGETIKA SOHASIDA BOZOR MEXANIZMLARINI JORIY
personmaftuna 03-06-24, 19:20Iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, aholi xonadonlarida qayta...
AHOLI PUNKTLARINING TURLARI
personmaftuna 15-05-24, 19:44Aholi punktlari shaharlarga, shaharchalarga, qishloqlar va ovullarga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasining hududi va...