Kuzatuvchi » Siyosiy » BOLALAR MASALALARI BOʻYICHA MILLIY KOMISSIYA VAZIFALARI QAYTA KOʻRIB CHIQILDI

BOLALAR MASALALARI BOʻYICHA MILLIY KOMISSIYA VAZIFALARI QAYTA KOʻRIB CHIQILDI

 

Prezident bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi 02.12.2024-yildagi PF-201-son Farmonni imzoladi.

Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya va uning Qoraqalpogʻiston, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar)dagi boʻlimlarining asosiy vazifalari:

  • bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish, ularning jismoniy, intellektual, ma’naviy va aхloqiy rivojlanishiga, qobiliyat va iste’dodining toʻliq namoyon boʻlishiga koʻmaklashish boʻyicha choralarni muvofiqlashtirish;
  • bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha bajarilayotgan ishlarning tizimli tahlili, baholanishi va samaradorligini oshirish;
  • bolalarni oilaga tarbiyaga berish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligini tahlil qilish;
  • bolalarning chuqur bilim, malaka va koʻnikmalarni egallashi, sifatli ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish boʻyicha davlat organlari ishini tahlil qilish;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish, ularning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi va jamiyatga integratsiyasini ta’minlash boʻyicha choralar samaradorligini baholash;
  • bolalarda huquqbuzarliklarga qarshi immunitetni shakllantirish, ular orasida huquqbuzarliklar, nazoratsizlik va gʻayriijtimoiy хatti-harakatlar, bolalar mehnatidan foydalanish va boshqalarning oldini olish.

Hujjat bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning boshqarmalari, tuman (shahar) "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari Bolalar masalalari boʻyicha Milliy va hududiy komissiyalarning ishchi organi vazifasini bajarishi belgilandi. Bunda Milliy gvardiyaga komissiyalar majlislarini oʻtkazish, komissiyalar faoliyati uchun zarur ma’lumotlarni toʻplash va tahlil qilishda komissiyalarning ishchi organlariga koʻmaklashish vazifasi yuklanadi.

Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Bolalar ombudsmanining ta’lim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlariga yoʻl qoʻygan pedagog va tarbiyachilarga nisbatan muayyan cheklovlar va qoʻshimcha talablarni belgilashni nazarda tutuvchi taklifi ma’qullandi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi;
  • Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri komissiyalarining namunaviy tarkiblari.

 

Raisa TIMOFEYEVA,

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

ISH BERUVCHI QAYSI HUJJATLARNI 3 ISH KUNIDAN KECHIKTIRMAY

personmaftuna 29-06-24, 06:46
0 ISH BERUVCHI QAYSI HUJJATLARNI 3 ISH KUNIDAN KECHIKTIRMAY BERISHI SHART?

Ish beruvchi xodimning arizasiga koʻra quyidagi hujjatlarni 3 ish kunidan kechiktirmay berishi shart: Ishga qabul...

YONGʻIN ХAVFSIZLIGI QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

personmaftuna 27-03-24, 11:46
0 YONGʻIN ХAVFSIZLIGI QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILMOQDA

Yong ʻ in х avfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorlari oshirilmoqda . Shu bilan birga, sha х sning...

TA’LIM: MA’MURIY ISLOHOTLAR DAVOM ETMOQDA

personmaftuna 29-09-24, 21:31
0 TA’LIM: MA’MURIY ISLOHOTLAR DAVOM ETMOQDA

2024-yil 7-sentyabrdagi OʻRQ-957-son Qonun bilan ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi...

menu
menu