FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH JAMOAT FONDI TASHKIL ETILADI
Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etiladi.
Farmonga (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7867) ko‘ra, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda uning hududlarda bo‘linmalari tashkil etiladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar aʼzolariga beriladigan pul mablag‘lari tarzidagi homiylik xayriyalarining soliq solinmaydigan miqdorini 15 million so‘mdan BHMning 100 baravarigacha (34 mln so‘mgacha) oshiriladi.
2025-yil 1-yanvardan nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan davlat bojlari miqdorini 2 baravarga kamaytirilgan holda undiriladi.
Har yili vazirlik va idoralar fuqarolik jamiyati institutlariga ijtimoiy buyurtma berish bo‘yicha tanlovlar tashkil etadi.
Har yili dekabr oyining birinchi haftasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi”ni o‘tkazib boriladi.
Har ikki yilda Fond tomonidan taqdirlanadigan “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti taʼsis etiladi.
“Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yoritish yo‘nalishida nominatsiya tashkil etiladi.
2024-yil 1-oktyabrdan fuqarolik jamiyati institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish bilan bog‘liq barcha jarayonlarning shaffofligini taʼminlashga qaratilgan yagona elektron platforma ishga tushiriladi.
X.MATKARIMOV,
Boshqa maqolalar
OVCHILIK GUVOHNOMASI MAХSUS KURSLARDA OʻQIGANDAN SOʻNG
personmaftuna 29-09-24, 22:47Prezident tomonidan 23.07.2024 - yildagi “Respublikada ov qilish va ovchilik хoʻjaliklari faoliyatini yanada...
BILASIZMI?
personmaftuna 24-03-24, 17:08Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida zargarlik ishi yo'nalishi bo'yicha maxsus o'quv kurslarini...
MAKTABLARDA “HUQUQIY SINFLAR” TASHKIL ETILADI
personmaftuna 20-09-24, 07:00O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024-yildagi "Davlat ta’lim muassasalarida uzluksiz huquqiy...