QANDAY HOLLARDA FUQAROLIK ISHLARI BO’YICHI SUDLARDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN OZOD QILISH TARTIBI QO’LLANISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?
Da’vogarlar — ish haqini undirish to‘g‘risidagi da’volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan da’vogarlar — alimentlar undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan, da’vogarlar — mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan, da’vogarlar — qonunga xilof ravishda hukm etganlik, jinoiy javobgarlikka tortganlik, ma’muriy jazo berganlik tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq nizolar yuzasidan, da’vogarlar — jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan, da’vogarlar — tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga yetkazilgan ma’naviy va moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi. O’zbekiston Respublikasining Davlat boji to’g’risidagi qonuniga asosan boshqa hollarda ham davlat bojidan ozod qilish tartibi qo’llanadi.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
HOKIMLIKLARDA ICHKI AUDIT XIZMATLARI TASHKIL ETILADI
personmaftuna 23-07-24, 14:43Farmonga (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7650) ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va...
AYRIM TEXNIK VOSITALAR SOLIQ VA BOJDAN OZOD QILINADI !
personmaftuna 19-11-24, 23:18Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq hamda Bojxona kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi....
SHAXS ERKINLIGI KAFOLATLARI
personmaftuna 27-01-24, 05:07Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli. Shaxsni ushlash...