Kuzatuvchi.uz / QANDAY HOLLARDA FUQAROLIK ISHLARI BO’YICHI SUDLARDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN OZOD QILISH TARTIBI QO’LLANISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

QANDAY HOLLARDA FUQAROLIK ISHLARI BO’YICHI SUDLARDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN OZOD QILISH TARTIBI QO’LLANISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Da’vogarlar — ish haqini undirish to‘g‘risidagi da’volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan da’vogarlar — alimentlar undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan,  da’vogarlar — mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan, da’vogarlar — qonunga xilof ravishda hukm etganlik, jinoiy javobgarlikka tortganlik, ma’muriy jazo berganlik tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq nizolar yuzasidan, da’vogarlar — jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan, da’vogarlar — tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga yetkazilgan ma’naviy va moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi. O’zbekiston Respublikasining Davlat boji to’g’risidagi qonuniga asosan boshqa hollarda ham davlat bojidan ozod qilish tartibi qo’llanadi.

   A.BEKCHANOV,

 Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-03-2025, 16:13
Saytga qaytish