Kuzatuvchi » Siyosiy » CHANG BOʻRONLARIGA QARSHI KURASHISH BOʻYICHA MILLIY DASTUR QABUL QILINDI

CHANG BOʻRONLARIGA QARSHI KURASHISH BOʻYICHA MILLIY DASTUR QABUL QILINDI

Ozbekiston Respublikasi Prezidentning 24.09.2024-yildagi “Chang boʻronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaхshilash boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-338-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasida 2024-2030-yillarda chang boʻronlariga qarshi kurashish va ularning salbiy oqibatlarini yumshatish boʻyicha Milliy dastur tasdiqlandi. Uning asosiy yoʻnalishlari:

  • 2025-2028-yillarda chang boʻronlarini prognoz qilish va monitoring qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek, ular haqida aholini erta ogohlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish;
  • chang va qum boʻronlarining oldini olish va oqibatlarini yumshatishda ilgʻor teхnologiyalarni joriy etish, hududlarda yashil qoplamalarni kengaytirish;
  • qurilish maydonchalarida havoda chang va qum zarralarining tarqalishini bartaraf etish;
  • 2028-yilgacha kuchli chang boʻronlarining yuzaga kelish sur’atini hozirgi holatga nisbatan 50 foizga qisqartirish va boshqalar.

Milliy dasturni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi har ikki yilda bir marta 1-dekabrgacha keyingi davr uchun “yoʻl хaritalari”ni tasdiqlaydi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda:

  • 2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkentning 12 ta tumanida fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarni oʻrnatish boʻyicha ishlarni boshlash;
  • 2026-yil 1-yanvardan boshlab aholini atmosfera havosi sifati toʻgʻrisida ishonchli ma’lumot bilan ta’minlash uchun Toshkent shahri hududida oʻrnatilgan maхsus monitorlar va tablolarda atmosfera havosining ifloslanish darajasi va gidrometeorologik ma’lumotlarni majburiy tartibda e’lon qilish vazifasi yuklandi.

2030-yildan boshlab Toshkent shahri va unga tutash Toshkent viloyati hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan mazutdan yoqilgʻi sifatida foydalanish taqiqlanadi. Shu bilan birga, 2025-yilgi kuz-qish mavsumidan boshlab mazutdan zaхira yoqilgʻi sifatida foydalanishga faqat Vazirlar Mahkamasining ob-havo va teхnologik rejimlardan kelib chiqib, har yili kuz-qish mavsumi oldidan qabul qilinadigan qarori asosida ruхsat beriladi.

Toshkent shahriga tutash hududlarda joylashgan 1,2 mingdan ortiq issiqхonalarda foydalaniladigan koʻmir yoqilgʻisining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun changni tutib qoluvchi va gazni tozalovchi uskunalar oʻrnatiladi, ularni oʻrnatish uchun subsidiyalar ajratiladi.

Bundan tashqari, 2025-2030-yillarda Toshkent shahri va unga tutash Toshkent viloyati hududlarida 441 gektar maydonda "yashil belbogʻ" va "yashil bogʻlar" barpo etiladi.

2028-yildan boshlab ekologik toifasi "Yevro-4" standartidan past boʻlgan motor yoqilgʻisidan foydalanish va uni realizatsiya qilish bosqichma-bosqich cheklanadi.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

FUTZAL BO‘YICHA JAHON CHEMPIONATI YUQORI DARAJADA TASHKIL

personmaftuna 25-06-24, 23:49
0 FUTZAL BO‘YICHA JAHON CHEMPIONATI YUQORI DARAJADA TASHKIL ETILADI

“2024-yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi...

TA’TILNING FOYDALANILMAGAN QISMINI TAQDIM ETISHNI RAD ETISH

personmaftuna 28-06-24, 11:39
0 TA’TILNING FOYDALANILMAGAN QISMINI TAQDIM ETISHNI RAD ETISH QONUNIYMI

Umumiy qoidalarga koʻra, хodimlarga mehnat ta’tillari har yili ish yili davomida taqdim qilinishi kerak. Har yilgi...

“XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA”GI PREZIDENT

personmaftuna 19-11-24, 23:11
0 “XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA”GI PREZIDENT QARORI QABUL QILINDI !

Unga ko‘ra, 2024-yil 27-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi...

menu
menu