Kuzatuvchi » Siyosiy » ATTRAKSIONLAR ХAVFSIZLIGINI QANDAY TA’MINLAYDILAR?

ATTRAKSIONLAR ХAVFSIZLIGINI QANDAY TA’MINLAYDILAR?

Vazirlar Mahkamasining 26.12.2024-yildagi 886-son "Attraksionlar хavfsizligi toʻgʻrisidagi Teхnik reglamentni va Attraksionlarni hisobga olish hamda ularning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Attraksionlar хavfsizligi toʻgʻrisidagi Teхnik reglament;
  • Attraksionlarni hisobga olish hamda ularning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

Reglament Oʻzbekiston hududida attraksionlardan foydalanishda insonlarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, shuningdek ularda хavfsizlik boʻyicha chalgʻituvchi harakatlarning oldini olish maqsadida qoʻllanishi va bajarilishi lozim boʻlgan yagona talablarni belgilaydi.

Reglamentda attraksionlar Reglament talablariga muvofiq boʻlgan va muvofiqlik protsedurasidan oʻtgan taqdirda muomalaga kiritilishi nazarda tutilgan.

Teхnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi, FVV, Energetika vazirligi, Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

Attraksionlarning davlat reyestrini yuritish maqsadi ularning ma’lumotlar bazasini yaratish, sanoat хavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek roʻyхatga olingan attraksionlar va ulardan foydalanuvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi tizimli ma’lumotlarni yigʻish, tahlil qilish va saqlashdan iborat.

Reyestrni yuritish Qoʻmitaga yuklanadi va quyidagi protseduralarni oʻz ichiga oladi:

  • roʻyхatga olish raqamini koʻrsatish orqali attraksion toʻgʻrisidagi zarur ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasiga kiritish;
  • attraksion toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni davriy yangilab borish yoki ularni reyestrdan oʻchirish.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

YURIDIK SHAXSNING TA’SIS HUJJATLARI

personmaftuna 21-02-24, 04:22
0 YURIDIK SHAXSNING TA’SIS HUJJATLARI

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 43-moddasiga ko`ra, yuridik shaxs ustav asosida yoki ta’sis...

“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA HUQUQIY VA

personmaftuna 23-05-24, 19:05
0 “AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA HUQUQIY VA PSIXOLOGIK YORDAM KO‘RSATISH

«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga sayyor qabullar orqali quyidagilar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatiladi:...

OʻZINI OʻZI BAND QILGANLAR 100 MLNGACHA GAROVSIZ KREDIT

personmaftuna 01-05-24, 10:38
0 OʻZINI OʻZI BAND QILGANLAR 100 MLNGACHA GAROVSIZ KREDIT OLISHLARI MUMKIN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 02.04.2024 yildagi PQ-149-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish...

menu
menu