Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI QURILMALARINI ISHLAB CHIQARUVCHILARNI QOʻLLAB-QUVVATLAYDI

DAVLAT QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI QURILMALARINI ISHLAB CHIQARUVCHILARNI QOʻLLAB-QUVVATLAYDI

Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024–yildagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kengaytirilishi hamda tarif islohotlarining tizimli amalga oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi VMQ-894-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Hukumatning 5 ta hujjatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan boʻlib, ular quyidagilarni nazarda tutmoqda:

  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugullanuvchi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash;
  • tijorat banklari tomonidan “yashil” iste’mol kreditlari ajratilishini keng joriy etish hamda kreditlar boʻyicha foizlarning bir qismiga kompensatsiyalar ajratishni yanada kengaytirish.

Xususan, ilgari «yashil» iste’mol kreditlari faqat quyosh fotoelektr va shamol elektr stansiyasi hamda quyosh suv isitkichlarini oʻrnatish maqsadida jismoniy shaхslarga milliy valyutada ajratilgan boʻlsa, endilikda ular:

  • mikro va kichik gidroelektr stansiyalari;
  • biogaz ishlab chiqaruvchi uskunalar;
  • biogaz qurilmalari;
  • issiqlik nasoslarini oʻrnatish;
  • shuningdek, qurilish izolyatsiya materiallari, maishiy energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlarni sotib olish maqsadlari uchun ham ajratiladi. 

Shuningdek, «yashil» iste’mol kreditlarining foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan yuqori boʻlgan foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya olishda foiz stavkasi asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmasligi lozimligi haqidagi shart bekor qilinmoqda.

Oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagi hujjatlarga kiritilmoqda:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi toʻgʻrisidagi nizom (09.02.2019-y. VMQ-108-son qaroriga ilova);
  • Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom (Vazirlar Mahkamasining 09.10.2020-y. VMQ- 640-son qaroriga ilova);
  • Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini хarid qilish хarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (05.10.2022-y. VMQ-568-son qaroriga 1-ilova);
  • «Yashil» iste’mol krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (29.09.2023-y. VMQ-517-son qaroriga 1-ilova);
  • Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalari (Mahkamasining 31.05.2024-y. VMQ-319-son qaroriga ilova).

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

KAM TA’MINLANGAN FUQAROLARNI ISH BILAN TA’MINLAGAN

personmaftuna 01-05-24, 10:51
0 KAM TA’MINLANGAN FUQAROLARNI ISH BILAN TA’MINLAGAN TADBIRKORLARGA QANDAY IMTIYOZLAR BERILADI?

Oʻzbekiston Respublikasining 2.04.2024-yildagi OʻRQ-923 son Qonuni bilan kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik...

TENDER O‘TKAZISH BO‘YICHA XARID KOMISSIYASI HAQIDA

personmaftuna 28-06-24, 23:06
0 TENDER O‘TKAZISH BO‘YICHA XARID KOMISSIYASI HAQIDA BILASIZMI ?

O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 65-moddasiga asosan. Davlat...

MEHNAT HAQIDAGI BOSHQA HUQUQIY HUJJATLAR

personmaftuna 28-06-24, 17:09
0 MEHNAT HAQIDAGI BOSHQA HUQUQIY HUJJATLAR

O’zbekiston Respublikasning Mehnat kodeksining 12-moddasiga asosan. Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar...

menu
menu