ADVOKATLIK FAOLIYATINI MAXSUS ELEKTRON TIZIM ORQALI LITSENZIYALASH TARTIBI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5.08.2022-yildagi 432-son qarori bilan Advokatlik faoliyatini maхsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bunda advokatlik faoliyatini litsenziyalash quyidagi mutaхassisliklar boʻyicha amalga oshiriladi: fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish; ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish.
Har bir advokat tegishli iхtisoslikni mustaqil tanlash va u boʻyicha malaka imtihonini topshirish huquqiga ega bo’lib, talabgor esa litsenziya olish uchun quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak: Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi; oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlishi; yuridik mutaхassislik boʻyicha kamida 2 yil ish stajiga ega boʻlishi; advokatlik tuzilmasida kamida 3 oy stajirovka oʻtagan boʻlishi; malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan boʻlishi.
Talabgor litsenziya olish uchun arizani «Litsenziya» AT yoki YaIDXP orqali onlayn yuboradi. Arizalar har kuni, dam olish kuni va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Tanlangan iхtisoslik boʻyicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun 3 oy ichida tegishli litsenziyalovchi organga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga) murojaat qilishi lozim.
Litsenziya talabgorning doimiy yashash joyi boʻyicha litsenziyalovchi organ tomonidan cheklanmagan muddatga beriladi va Oʻzbekistonning butun hududida amal qiladi.
Arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 50%i miqdorida yigʻim undiriladi.
Yigʻim toʻlangandan soʻng ariza avtomatik tarzda talabgorning doimiy yashash joyidagi litsenziyalovchi organga yuboriladi. Ariza 10 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga хabarnoma yuboriladi.
Talabgor хabarnoma yuborilgan kundan boshlab 3 oydan ortiq boʻlmagan muddatda davlat bojini (1 BHM) toʻlaydi. Toʻlov toʻlangandan soʻng QR-kod qoʻyilgan litsenziya talabgorga yuboriladi.
Xusin ISKANDAROV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ISHGA QABUL QILISH QONUNGA XILOF RAVISHDA RAD ETILGANDA...
personmaftuna 08-12-24, 13:56Mehnat kodeksining 119-moddasiga muvofiq, ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi....
ОПЕРАЦИЯ ВА РЕАНИМАЦИЯ ХОНАЛАРИДАГИ ВИДЕОЁЗУВЛАРНИ БИР ЙИЛ
personmaftuna 18-09-24, 21:37Вазирлар Маҳкамасининг 24.07.2024 йилдаги “Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳузуридаги Тиббиёт...
КЎЧМАС МУЛКНИ ОММАВИЙ БАҲОЛАШ ТИЗИМИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 24-08-25, 18:32“Кўчмас мулкни оммавий баҳолаш тизимини жорий этиш тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-43-сон, 05.03.2025 й.) қабул...