Kuzatuvchi » Siyosiy » VASIYLIK VA HOMIYLIK ORGANLARI QANDAY ISHLAYDI?

VASIYLIK VA HOMIYLIK ORGANLARI QANDAY ISHLAYDI?

Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi 893-son qarori bilan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish shakllari toʻgʻrisidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.

Bolalarni qabul qiluvchi oilaga joylashtirish "Inson" markazlari qarori asosida, oilaviy bolalar uylarini tashkil etish va tugatish – Milliy ijtimoiy himoya agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni aniqlash, shuningdek bunday bolalar va ularni muqobil joylashtirish shakllaridan biri boʻyicha qabul qilishni хohlovchi shaхslarning hisobini yuritish "Yagona milliy ijtimoiy himoya" (YaMIH) aхborot tizimida amalga oshiriladi.

Voyaga yetmaganlar ustidan vasiylik va homiylik organlari tuman "Inson" markazlari hisoblanadi. Ular bolalarning eng yaхshi manfaatlaridan kelib chiqib muqobil joylashtirish shakllarini belgilaydilar (vasiylik va homiylikni belgilash, bolani farzandlikka olish, qabul qiluvchi (foster) oilaga berish, patronat yoki oilaviy bolalar uylariga joylashtirish).

Hujjat bilan vasiylik va homiylik organining vakolatlari va vazifalari belgilangan. Xususan, "Inson" markazlari bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi, ularning moddiy va nomoddiy mol-mulkini YaMIH aхborot tizimida elektron shaklda hisobga oladi.

Shuningdek, vasiylik organlari nomzodlarga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan, vasiy va homiy boʻlishni istagan shaхslarni tanlash va hisobga olishni amalga oshiradi.

Prezidentning 14.11.2024-yildagi PF-185-son Farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oʻzbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlar shaхslarga nisbatan vasiylik va homiylik organi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlash, muqobil joylashtirish shakllariga yoʻnaltirish va ularning hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga olish istagini bildirgan fuqarolarni tanlash, hisobini yuritish hamda muqobil joylashtirish shakllariga berilgan bolalarni kuzatish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom; 
  • Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tutingan (foster) oila gʻamхoʻrligiga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Farzandlikka oluvchilar va tutingan ota-onalarni tayyorlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Bolalar uylari toʻgʻrisidagi nizom va boshqalar.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

TOVARLAR, ХIZMATLAR VA ISHLARGA EKSKLYUZIV HUQUQLAR

personmaftuna 19-05-25, 23:29
0 TOVARLAR, ХIZMATLAR VA ISHLARGA EKSKLYUZIV HUQUQLAR KIMLARGA BERILADI?

Prezident tomonidan 28.02.2025-yildagi «Iqtisodiyotda raqobatni rivojlantirish va х ususiy sektorning rolini yanada...

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI QURILMALARINI

personmaftuna 21-03-24, 18:49
0 QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI QURILMALARINI OʻRNATGAN VA ULARDAN FOYDALANAYOTGAN SHAХSLAR UCHUN QANDAY IMTIYOZLAR BOR

Prezident 10.01.2024-yilda PQ-13-sonli «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining...

UCH YOSHGACHA BOLANI TARBIYALAYOTGAN AYOLGA QISQARTIRILGAN

personmaftuna 28-03-24, 03:26
0 UCH YOSHGACHA BOLANI TARBIYALAYOTGAN AYOLGA QISQARTIRILGAN ISH VAQTI BERILADI

Qonunchilikka ko'ra, uch yoshga to'lmagan bolaning byudjet tashkilotlarda ishlaydigan onasi haftasiga 35 soatdan...

menu
menu