AYRIM TRANSPORT TURLARIGA DAVLAT RAQAMI BELGILARINI BERISH UCHUN TOʻLOV KAMAYTIRILDI
- ВКонтакте
- РћРТвЂВВВВВВВВнокласснРСвЂВВВВВВВВРєРСвЂВВВВВВВВ
- Telegram
Ichki ishlar vazirining “Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazildi (23.12.2024 y. AV roʻyхat raqami 2303-7-son).
Mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalarga (yarim tirkamalar) roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqam belgilarini berganlik uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi (ilgari - BHMning 1,75 baravari).
Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan davlat belgisi oʻrniga yangisini berish uchun ham хuddi shu miqdorda toʻlov belgilangan (ilgari - BHMning 1,75 baravari).
Elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalarni (yarim tirkamalarni) roʻyхatdan oʻtkazganlik uchun ham BHMning 1,5 baravari miqdori toʻlovni amalga oshirish lozim.
Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
- ВКонтакте
- РћРТвЂВВВВВВВВнокласснРСвЂВВВВВВВВРєРСвЂВВВВВВВВ
- Telegram
Boshqa maqolalar
ИЧКИ БОЗОРДА РАҚОБАТ МУҲИТИ РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ
personmaftuna 03-06-25, 12:26“Ишлаб чиқариш, экспорт ва тадбиркорлик фаолиятини рағбатлантириш, савдо ва саноат сиёсати самарадорлигини ошириш...
XORIJGA ChIQISh BIOMETRIK PASPORTINI OLISh UChUN TO‘LOV
personmaftuna 29-06-24, 08:36"Davlat boji to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi xizmatlar uchun...
“TEXNIK TARTIBGA SOLISH” MILLIY AXBOROT TIZIMI ISHGA
personmaftuna 24-04-24, 01:27“O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi...