Kuzatuvchi » Siyosiy » SUD QANDAY HOLLARDA MA'MURIY JARIMANI KAMAYTIRIB BERISHI MUMKIN?

SUD QANDAY HOLLARDA MA'MURIY JARIMANI KAMAYTIRIB BERISHI MUMKIN?

Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 31-moddasiga koʻra, 

 quyidagi ma'muriy javobgarlikni engillashtiruvchi holatlar huquqbuzarlik sodir qilgan shaxsga engilroq ma'muriy jazo qoʻllanishiga yoki unga qoʻllanib boʻlingan jarima miqdori sud hamda vakolatli shaxs tomonidan kamaytirilishiga asos boʻlishi mumkin: 

—  aybdorning sodir etgan huquqbuzarligidan chin koʻngildan pushaymon boʻlishi;

—  aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi, etkazilgan ziyonni ixtiyoriy ravishda toʻlashi yoki keltirilgan zararni bartaraf qilishi;

—  huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon ta'sirida sodir etganligi yoki ogʻir shaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi;

—  huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov ta'sirida yoxud xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi ta'siri ostida sodir etilishi;

—  huquqbuzarlikning voyaga etmagan shaxs tomonidan sodir etilishi kabi holatlar mavjud boʻlganda;

—  huquqbuzarlikning homilador ayol yoki 14 yoshgacha boʻlgan bolasini yakka oʻzi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi.

 Shuningdek, ma'muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) boshqa holatlarni ham javobgarlikni engillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.

 

I.RAXIMBERGANOV

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

QANDAY TURDAGI YER UCHASTKALARIGA SOLIQ SOLINMAYDI?

personmaftuna 06-12-24, 16:06
0 QANDAY TURDAGI YER UCHASTKALARIGA SOLIQ SOLINMAYDI?

Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi: - madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash (bundan...

XODIM ISHDAN BO‘SHAYOTGANDA ISH BERUVCHI ISHDAN BO‘SHATISH

personmaftuna 25-06-24, 17:41
0 XODIM ISHDAN BO‘SHAYOTGANDA ISH BERUVCHI ISHDAN BO‘SHATISH NAFAQASINI TO‘LAYDI

Mehnat kodeksning 173-moddasidaga asosan quyidagi asoslar bilan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish...

XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTINI POCHTA XIZMATI ORQALI

personmaftuna 20-11-24, 01:28
0 XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTINI POCHTA XIZMATI ORQALI YETKAZIB BERISH XIZMATI YO'LGA QO‘YILADI

Qaror (PQ-380-son, 04.11.2024 - y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi ....

menu
menu