Kuzatuvchi » Siyosiy » XODIM ISHDAN BO‘SHAYOTGANDA ISH BERUVCHI ISHDAN BO‘SHATISH NAFAQASINI TO‘LAYDI

XODIM ISHDAN BO‘SHAYOTGANDA ISH BERUVCHI ISHDAN BO‘SHATISH NAFAQASINI TO‘LAYDI

 

Mehnat kodeksning 173-moddasidaga  asosan quyidagi asoslar bilan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish beruvchi unga ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lashga majbur:

- Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganda. Bunda shartnoma xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslar bo‘yicha bekor qilinganligi mustasno.

- Xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.

- Shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.

- Tashkilotni tugatish yoki ish beruvchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.

- Ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilganligi, agar yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni bo‘lmasa va u ishni davom ettirishga to‘sqinlik qilgani munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.

- Qonunchilikka muvofiq mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.

- Xodim yangi mehnat shartlarida ishni davom ettirishni rad etganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda

- Xodim tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘ziga qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ishga o‘tkazishni rad etganligi yoxud ish beruvchida tegishli ish bo‘lmaganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.

- Xodim ish beruvchi bilan birga boshqa joydagi ishga ko‘chishni rad etganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.

 

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGI JORIY

personmaftuna 05-03-24, 22:29
0 TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGI JORIY ETILMOQDA

Prezidentning 23.01.2024-yildagi PQ-39-son “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish...

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI QURILMALARINI

personmaftuna 22-01-24, 19:34
0 QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI QURILMALARINI OʻRNATGAN VA ULARDAN FOYDALANAYOTGAN SHAXSLAR UCHUN QANDAY IMTIYOZLAR BOR?

Prezident 10.01.2024-yilda PQ-13-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining...

MEHNAT SHARTNOMASINI XODIM TASHABBUSIGA KOʼRA BEKOR QILISH

personmaftuna 01-05-24, 10:44
0 MEHNAT SHARTNOMASINI XODIM TASHABBUSIGA KOʼRA BEKOR QILISH ASOSLARI

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 160-moddasiga asosan, Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat...

menu
menu