Kuzatuvchi » Siyosiy » IKKI YOSHGA TO‘LMAGAN FARZANDI BOR AYOLLAR UCHUN MEHNAT KODEKSIDAGI IMTIYOZLAR

IKKI YOSHGA TO‘LMAGAN FARZANDI BOR AYOLLAR UCHUN MEHNAT KODEKSIDAGI IMTIYOZLAR

Mehnat kodeksi 397-moddasiga  asosan 3 yoshga to‘lmagan bolaning byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash har kungi to‘liq ish davomiyligida ishlaydigan xodimlar uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. Mehnat kodeksi 407-moddasiga ko‘ra 2 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar beriladi. Bu tanaffuslar kamida har uch soatda, har biri o‘ttiz minutdan kam bo‘lmagan davomiylikda beriladi. Ikki yoshga to‘lmagan ikki yoki undan ortiq nafar farzandi bo‘lgan taqdirda, tanaffusning davomiyligi kamida bir soat qilib belgilanadi. Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha haq to‘lanadi.Ikki yoshga to‘lmagan bola otasining yoki onasining (vasiysining) xohishiga ko‘ra bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusga qo‘shib berilishi yoxud  ish kunining (smenaning) tegishincha qisqartirilgan holda boshiga yoki oxiriga ko‘chirilishi, shu jumladan jamlangan holda ko‘chirilishi mumkin. Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar faqat ota-onadan biri bolani parvarishlash ta'tilida bo‘lmagan va bunday tanaffuslardan foydalanmayotgan taqdirda beriladi.

 

A.SHARIPBOYEV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ISHXONAMIZDA XODIMLARNING ISH HAQIDAN USHLAB QOLISH

personmaftuna 13-12-24, 09:59
0 ISHXONAMIZDA XODIMLARNING ISH HAQIDAN USHLAB QOLISH HOLATLARI TEZ-TEZ TAKRORLANMOQDA. BU QANCHALIK ASOSLI?

Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasi mehnat munosabatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unga ko‘ra har kim munosib...

HUKUMAT QARORI BILAN O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TABIIY

personmaftuna 24-03-24, 16:58
0 HUKUMAT QARORI BILAN O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TABIIY SUV HAVZALARIDA BALIQ OVLASH QOIDALARI TASDIQLANDI

O'zbekistonning tabiiy suv havzalarida sport-ishqibozlik turida hamda sanoat usulida baliq ovlash tartibi belgilandi....

YOʻL BOʻYIDAGI MAKTABLAR OLDIDA FOTORADARLAR OʻRNATILADI

personmaftuna 05-05-24, 12:15
0 YOʻL BOʻYIDAGI MAKTABLAR OLDIDA FOTORADARLAR OʻRNATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2024-yildagi 148-son “Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini ma х...

menu
menu