Kuzatuvchi » Siyosiy » EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHALARI YANADA TAKOMILLASHTIRILADI

EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHALARI YANADA TAKOMILLASHTIRILADI

“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta'minlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-149-son, 26.09.2024-y.) qabul qilindi. 

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan hududlarda chiqindilar bilan ishlash darajasini oshirish hamda bu borada ochiqlikni ta'minlash, jamoatchilikning rolini oshirish, tadbirkorlar va aholi o‘rtasida qayta aloqani to‘liq yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi quyidagilar amalga oshiriladi:

chiqindilar bilan bog‘liq xizmatlarni tadbirkorlarga berish yuzasidan o‘tkaziladigan tender jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish;

sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi to‘plash shoxobchalariga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va shoxobchalar faoliyatini aholi tomonidan kuzatish imkoniyatini yaratish;

chiqindilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi barcha maxsus texnikalarga onlayn kuzatuv (GPS) tizimini o‘rnatish;

sanitar tozalash korxonalari to‘g‘risida to‘liq ma'lumot berish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko‘lami bo‘yicha shikoyatlarni qabul qilish hamda sanitar tozalash korxonalari bilan qayta aloqa qilish uchun “Call markaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

sanitar tozalash korxonalari xizmat ko‘rsatuvchi hududlarning geografik chegarasi hamda aholi va yuridik shaxslarga biriktirilgan chiqindilarni yig‘ish maydonchalari (konteyner) joylashuvi to‘g‘risida aniq ma'lumotlar berish;

abonentlarning hosil bo‘lgan chiqindilarini olib chiqib ketish grafigini ko‘rsatish.

 

D.AZAMATOVA, 

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

personmaftuna 17-12-24, 11:38
0 KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z...

АҲОЛИНИНГ ДАМ ОЛИШИ УЧУН ФОЙДАЛАНИЛАДИГАН ЕРЛАРНИ

personmaftuna 05-06-25, 13:32
0 АҲОЛИНИНГ ДАМ ОЛИШИ УЧУН ФОЙДАЛАНИЛАДИГАН ЕРЛАРНИ ХУСУСИЙЛАШТИРИШ  ТАҚИҚЛАНАДИ

Қонун (ЎРҚ-1061-сон, 05.05.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Қонун билан...

BOSHQA DAVLATLARNING HARBIY HARAKATLARIDA QATNASHGAN

personmaftuna 20-10-24, 13:50
0 BOSHQA DAVLATLARNING HARBIY HARAKATLARIDA QATNASHGAN SHAXSLARGA QANDAY JAVOBGARLIK BOR ?

Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy...

menu
menu