Kuzatuvchi » Siyosiy » TOSHKENTDA “OʻZBEKISTON BOʻYLAB SAYOHAT QIL!” TURISTIK YARMARKASI TASHKIL ETILADI

TOSHKENTDA “OʻZBEKISTON BOʻYLAB SAYOHAT QIL!” TURISTIK YARMARKASI TASHKIL ETILADI

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turistik yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-646-sonli qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2024-yildagi “Respublikaga хorijiy turistlar oqimini keskin darajada koʻpaytirish va ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-9-son Farmoniga muvofiq “Toʻrt faslning har birida sayohat” turistik mavsumlarini ochish doirasida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turistik yarmarkasi tashkil etiladi.

Ichki turistik yarmarka 2024-yilda Toshkent shahrida Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 2025-yildan boshlab esa - respublika hududlarida unda ishtirok etayotgan tadbirkorlik sub’yektlari mablagʻlari, shuningdek mahalliy byudjetlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan oʻtkaziladi.

Hujjatda turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida har yili quyidagilar tashkil etilishi nazarda tutilgan:

  • mart va avgust oylarida - Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida B2B (“biznes biznes uchun”) va B2C (“biznes iste’molchi uchun”) meхanizmlari asosida mintaqaviy ichki turistik yarmarkalar;
  • dekabr oyida - B2B doirasida milliy turistik yarmarka tashkil etiladi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • 2025-yilda ichki turistik yarmarkalarni oʻtkazish boʻyicha tadbirlar rejasi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024-yil 8-oktabrdan kuchga kirgan.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

RAQOBAT QO‘MITASI AHOLINI BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALARDAN

personmaftuna 08-12-24, 13:21
0 RAQOBAT QO‘MITASI AHOLINI BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALARDAN EHTIYOT BO‘LISHGA CHAQIRDI

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar va telegram messenjerida tashkil etilgan guruh va kanallar orqali...

AVTOTRANSPORTNI QAYTA ROʻYХATDAN OʻTKAZISH STAVKALARI

personmaftuna 03-06-24, 02:26
0 AVTOTRANSPORTNI QAYTA ROʻYХATDAN OʻTKAZISH STAVKALARI KESKIN PASAYMOQDA

Ichki ishlar vazirining “Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda,...

XODIMNING MEHNAT SHARTLARINI O‘ZGARTIRISH HUQUQI

personmaftuna 08-12-24, 13:18
0 XODIMNING MEHNAT SHARTLARINI O‘ZGARTIRISH HUQUQI

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida nazarda...

menu
menu