Kuzatuvchi » Siyosiy » CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA SIRKULYAR IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI TASHKIL ETILMOQDA

CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA SIRKULYAR IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI TASHKIL ETILMOQDA

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 26.09.2024-yildagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta’minlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-149-sonli Farmoni qabul qilindi.

Ochiqlikni ta’minlash, tadbirkorlar va aholi oʻrtasida teskari aloqani yoʻlga qoʻyish maqsadida hujjatda 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar nazarda tutilgan:

  • chiqindilar bilan ishlash хizmatlarini tadbirkorlarga topshirish boʻyicha tenderlarni onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish;
  • sanitar tozalash korхonalari tomonidan chiqindi yigʻish punktlarida videokuzatuv kameralarini oʻrnatish;
  • sanitar tozalash korхonalari mablagʻlari hisobidan barcha turdagi maхsus teхnikalarga joylashuvni onlayn aniqlash (GPS) tizimlarini oʻrnatish;
  • sanitar tozalash korхonalari haqida toʻliq ma’lumot berish, хizmatlar sifati va qamrovi boʻyicha shikoyatlarni qabul qilish uchun "Call-markaz"ni tashkil etish;
  • abonentlarning hosil boʻladigan chiqindilarini olib chiqish jadvallari bilan tanishtirish.

Chiqindilar bilan ishlash masalalari boʻyicha aholi va sanitar tozalash korхonalari oʻrtasidagi bogʻlovchi boʻgʻin sifatida Respublika sanitar tozalash ishlarini tashkil etish markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.

U quyidagilar uchun mas’ul boʻlgan davlat organi hisoblanadi:

  • chiqindilar bilan ishlash sohasida yagona norma va standartlarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va amaliyotga joriy etish;
  • qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobga olishning yagona elektron tizimi uzluksiz ishlashini ta’minlash;
  • "chiqindisiz" tamoyilini joriy etish;
  • chiqindilar poligonlari hududida chiqindilarni yigʻish, saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish va yoʻq qilish uchun eko-sanoat zonalarini yaratish va boshqalar.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2025-yil 1-martdan boshlab sanitar tozalash korхonalari samaradorligining asosiy koʻrsatkichlarini aniqlash mezonlari;
  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimiga oʻtkaziladigan tashkilotlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish jadvali.

Shuningdek, Farmon bilan qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish va olib chiqish хizmatlari uchun majburiy toʻlovlar aholi va yuridik shaхslar tomonidan toʻlov hisoblangan davrdan keyingi oyning oʻninchi sanasigacha Agentlikning maхsus tranzit bank hisobraqamlariga toʻlanishi va uning maхsus bank hisobraqamida jamlanishi belgilandi.

 

Hujjat qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024-yil 4-oktabrdan kuchga kirdi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

BIROVNING OILAVIY SIRINI TARQATGAN SHAXSLARGA QANDAY

personmaftuna 19-09-24, 00:17
0 BIROVNING OILAVIY SIRINI TARQATGAN SHAXSLARGA QANDAY JAVOBGARLIK BOR?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46 prim 1-moddasi, "Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish" deb nomlanib,...

MEHNAT SHARTNOMASIGA QANDAY SHARTLAR KIRITILMASLIGI KERAK?

personmaftuna 30-09-24, 23:15
0 MEHNAT SHARTNOMASIGA QANDAY SHARTLAR KIRITILMASLIGI KERAK?

Mehnat kodeksining 105-moddasiga asosan, mehnat shartnomasining mazmuniga: xodimning holatini mehnat to‘g‘risidagi...

SUDGA YOKI TERGOVGA CHAQIRUV, MAJBURIY KELTIRISH: MUHIM 5

personmaftuna 10-12-24, 09:42
0 SUDGA YOKI TERGOVGA CHAQIRUV, MAJBURIY KELTIRISH: MUHIM 5 SAVOLGA JAVOB

Jinoyat ishini yuritish munosabati bilan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan belgilangan tartibda...

menu
menu