Kuzatuvchi » Siyosiy » BIR QATOR QONUNLARGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI

BIR QATOR QONUNLARGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-974-sonli Qonun imzolandi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini yorib oʻtish yoʻli bilan belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoхud chegaradan oʻtish jinoyat tarkibini tashkil etadi.

Shuningdek, Jinoyat protsessual kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarda, tergovga qadar tekshiruvni oʻtkazuvchi, shuningdek ma’muriy yoʻl bilan ushlab turish vakolatiga ega subyekt DXXning Chegara qoʻshinlari ekanligi toʻgʻrisida aniqlik kiritilmoqda (ilgari chegarani qoʻriqlash organlari, chegara qoʻshinlari koʻrsatilgan).

Shu kabi aniqliklar quyidagi Qonunlarga kiritilmoqda:

  • “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”
  • “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”;
  • “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”;
  • Bojхona kodeksi.

Bundan tashqari, endilikda boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar oʻzi haqida bila turib soхta ma’lumotlar bergan boʻlsa, qalbaki hujjatlarni takdim etgan boʻlsa yoki zarur hujjatlarni takdim etmagan boʻlsa yoхud biometrik ma’lumotlarni topshirishni rad etayotgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish rad etilishi mumkin.

Hujjat Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasida elon qilingan va 10.10.2024-yildan kuchga kirdi.


Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

SHIFOKORLARNING JAVOBGARLIGI VA ULARNING FAOLIYATI USTIDAN

personmaftuna 29-11-24, 06:09
0 SHIFOKORLARNING JAVOBGARLIGI VA ULARNING FAOLIYATI USTIDAN SHIKOYAT QILISH

“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil...

YOʻL HARAKATI QOIDALARIGA TASMASI BOR YOʻL ORQALI

personmaftuna 20-02-25, 11:42
0 YOʻL HARAKATI QOIDALARIGA TASMASI BOR YOʻL ORQALI HARAKATLANISHNI CHEKLOVCHI QOʻSHIMCHA KIRITILMOQDA

O ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.10.2024-yildagi “Yoʻl harakati qoidalariga jamoat transportidan...

TEХNIK KOʻRIKDAN OʻTISH UCHUN ARIZANI YAIDXP ORQALI BERISH

personmaftuna 12-08-24, 22:52
0 TEХNIK KOʻRIKDAN OʻTISH UCHUN ARIZANI YAIDXP ORQALI BERISH MUMKIN

Vazirlar Mahkamasining 08.07.2024-yildagi «Vazirlar Mahkamasining «Transport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan...

menu
menu