MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI YETISHTIRUVCHILARNI BAHOLASH TIZIMI JORIY ETILADI
Farmonga, 2025-yil 1-yanvardan: iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog' va tokzorlarni yaroqsiz deb topish, ular o'rnida intensiv bog' va tokzor barpo etish yoki haydaladigan yerlar toifasiga o'tkazish to'g'risida xulosani qabul qiluvchi tuman (shahar) komissiyasi tomonidan iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosilli bog' va tokzorlar deb xulosa berilgan sanadan boshlab 12 oy davomida yangi bog' yoki tokzorlar barpo etilmagan taqdirda ushbu bog' va tokzorlar joylashgan maydonlar uchun yer solig'i 3 baravarga oshiriladi; tashabbuskorlar yangi bog'larni barpo etishda o'z ehtiyojlari uchun xorijiy davlatlardan belgilangan ro'yxatdagi payvandtagli mevali ko'chatlar va payvandtaglar, payvandustlari, onalik materiallari va texnikalarni import qilishda qo'shilgan qiymat solig'i va bojxona bojlaridan ozod etiladi. 2024-yil 1-dekabrdan fermer va dehqon xo'jaliklarining nufuzini oshirish, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi korxonalarga ko'maklashishga qaratilgan “meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilarni baholash” tizimi joriy etiladi.Agentlik meva-sabzavotchilik yo'nalishidagi mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi subyektlar, issiqxona xo'jaliklari hamda Agentlik manfaatlarini ko'zlab sudga kiritilgan da'volar va shikoyatlar yuzasidan davlat boji to'lashdan ozod qilinadi.
I.RAXIMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MEHNAT NIZOLARI BO‘YICHA KOMISSIYA MAJLISINING BAYONNOMASI
personmaftuna 25-09-24, 00:54Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning majlisida bayonnoma yuritiladi, u komissiya raisi va kotibi tomonidan...
KESKIN TORMOZ BERISH TAQIQLANADI
personmaftuna 27-06-24, 23:44Qonunchilikka ko'ra, haydovchiga yo'l-transport hodisasining oldini olish zarurati bo'lmaganda, keskin tormoz berish...
ISH BERUVCHINING XODIMGA KAFOLATLI QO‘SHIMCHA TO‘LOVLARNI
personmaftuna 15-05-24, 19:38O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 281-moddasiga asosan, ish beruvchi quyidagi kafolatli qo‘shimcha...