Kuzatuvchi » Siyosiy » YOQILGʻI-ENERGETIKA RESURSLARI ISTE’MOLCHILARINING ENERGIYA AUDITINI OʻTKAZISH TARTIBI TASDIQLANDI

YOQILGʻI-ENERGETIKA RESURSLARI ISTE’MOLCHILARINING ENERGIYA AUDITINI OʻTKAZISH TARTIBI TASDIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.10.2024-yildagi 690-sonli qarori bilan yoqilgʻi-energetika resurslari iste’molchilari hamda bino va inshootlarning energiya iste’molini energiya auditidan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.

2024-yil 1-noyabrdan 200 kvadrat metrdan ortiq maydonli bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasini aniqlash uchun quyidagi toifalar joriy etiladi: “A”, “V”, “C”, “D”, “Ye”, “F” va “G”.

Bunda “A” toifasi eng yuqori energiya samaradorligiga ega bino va inshootlarni, mos ravishda “G” toifasi – eng past energiya samaradorligiga ega boʻlganlarini belgilash uchun qoʻllaniladi.

Energiya samaradorligi – yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish natijasida olingan samara nisbatining yoqilgʻi-energetika resurslari sarfiga nisbatini aks ettiruvchi koʻrsatkich.

Joriy yil yakuniga qadar 200 kvadrat metrdan ortiq foydali maydonga ega bino va inshootlarning energiya auditi natijalari boʻyicha tayyorlangan energiya pasportlari va hisobotlarning elektron reyestrini yuritish uchun moʻljallangan maхsus elektron platformani ishlab chiqish va ishga tushirish rejalashtirilgan.

09.11.2024-yildan kuchga kiradigan "Energiyadan tejamli foydalanish, uni oqilona ishlatish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida"gi 07.08.2024-yildagi O’RQ-940-sonli Qonunga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi: 

  • Yoqilgʻi-energetika resurslari iste’molchilarining majburiy energiya auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Bino va inshootlarning energiya iste’molini auditdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

Yoqilgʻi-energetika resurslari iste’molchilarining majburiy energiya auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Energiya auditini tashkil etish tartibi;
  • energiya auditi turlari;
  • iste’molchilarning energiya auditini oʻtkazish bosqichlari;
  • energiya auditi natijalari boʻyicha tavsiyalarni bajarmaganlik uchun choralar.

Majburiy energiya auditi Davlat energetika reyestriga kiritilgan subyektlarda birlamchi, davriy, navbatdan tashqari shaklda va ekspress-energiya auditi shaklida oʻtkaziladi.

Davriy energiya auditi majburiy tartibda besh yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.

Energiya auditi yangi qurilayotgan, mavjud, funksional oʻzgartirilgan (qayta profillangan), rekonstruksiya qilingan, kapital ta’mirlangan va modernizatsiya qilingan bino va inshootlarning energetik pasportlarini ishlab chiqishda hamda energiyani tejashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda oʻtkaziladi.

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024-yil 21-oktabrdan kuchga kirdi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

IJARAGA OLUVCHI VA U BILAN BIRGA DOIMIY YASHAYDIGAN

personmaftuna 28-09-24, 17:15
0 IJARAGA OLUVCHI VA U BILAN BIRGA DOIMIY YASHAYDIGAN FUQAROLAR

Uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga binoan faqatgina fuqaro ijaraga oluvchi bo‘lishi mumkin . Shartnomada uy-joyda...

«YASHIL SERTIFIKAT» QANCHA MUDDATGA BERILADI

personmaftuna 15-05-25, 12:04
0 «YASHIL SERTIFIKAT» QANCHA MUDDATGA BERILADI

Vazirlar Mahkamasining 15.04.2025 - yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni ishlab chiqarish va хizmatlar...

AHOLINING KUNDALIK HAYOTIDA UCHRAYDIGAN HUQUQIY MUAMMOLARI

personmaftuna 30-09-24, 11:59
0 AHOLINING KUNDALIK HAYOTIDA UCHRAYDIGAN HUQUQIY MUAMMOLARI ANIQLANADI, TAHLIL QILINADI VA BARTARAF ETILADI

“Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham...

menu
menu