Kuzatuvchi » Siyosiy » TADBIRKORLARDAN ХISOBOTLARNI TALAB QILIB OLISH JARAYONIDA DAVLAT ORGANLARINING MA’SULIYATI OSHIRILMOQDA

TADBIRKORLARDAN ХISOBOTLARNI TALAB QILIB OLISH JARAYONIDA DAVLAT ORGANLARINING MA’SULIYATI OSHIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 21.10.2024-yildagi “Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan hisobotlarni davlat organlariga taqdim etish jarayonlari soddalashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 24110-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi O’RQ-979-sonli Qonun imzolandi. 

Hujjat bilan MJtKga Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ruyхatiga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik sub’yektlaridan talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.

Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ruyхatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini, хuddi shuningdek mazkur yagona ruyхatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima qoʻllashga sabab boʻladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.10.2024-yildan kuchga kirdi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

ФИСКАЛ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР СОДИР ЭТГАНЛИК УЧУН ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН

personmaftuna 29-07-24, 23:35
0 ФИСКАЛ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР СОДИР ЭТГАНЛИК УЧУН ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН МОЛИЯВИЙ САНКЦИЯЛАР МИҚДОРЛАРИ КАМАЙТИРИЛДИ

Қонун (ЎРҚ-927-сон, 29.05.2024 й.) билан Солиқ кодексига ўзгартириш киритилди Унга кўра: Фискал белгиларни акс эттириш...

BOLALAR SARATONI BO'YICHA XALQARO AKADEMIK XAB TASHKIL

personmaftuna 07-06-25, 20:50
0 BOLALAR SARATONI BO'YICHA XALQARO AKADEMIK XAB TASHKIL ETILADI

2025-yil 1-iyulgacha “Elektron sog'liqni saqlash” axborot tizimida onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan...

AVTOBUS BOSHQARISHDA GENDER TENGLIGI TA’MINLANADI

personmaftuna 22-02-24, 07:28
0 AVTOBUS BOSHQARISHDA GENDER TENGLIGI TA’MINLANADI

Vazirlar Mahkamasining 12.02.2024-yildagi “Mamlakatimizda ayollar mehnatidan muayyan soha yoki kasblarda foydalanish...

menu
menu