Kuzatuvchi » Siyosiy » KONSTITUTSIYA KUNI QANDAY OʻTKAZILADI?

KONSTITUTSIYA KUNI QANDAY OʻTKAZILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 17.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi F-53-sonli Farmoyishi imzolandi.

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning tarkibi tasdiqlandi. Uning raisi etib Bosh vazir tayinlandi.

Shuningdek, Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi qabul qilingan boʻlib, unda quyidagi beshta yoʻnalish boʻyicha 50 dan ziyod tadbirlar aks ettirilgan:

•  Konstitutsiya mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar;

•   ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va targʻibot-tashviqot ishlari;

•  bayram va boshqa koʻngilochar tadbirlar;

•  davlat organlari va tashkilotlarida tashkil etiladigan tadbirlar

•  ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan targʻibot tadbirlari.

Tadbirlar “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.10.2024-yildan kuchga kirdi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

SHAHARSOZLIK SOHASIDAGI NIZOLAR QANDAY HAL QILINADI?

personmaftuna 29-09-24, 22:24
0 SHAHARSOZLIK SOHASIDAGI NIZOLAR QANDAY HAL QILINADI?

Vazirlar Mahkamasining 12.08.2024-yildagi 496-son qarori bilan shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib...

НОДАВЛАТ УМУМИЙ ЎРТА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТЛАРИ ТАРМОҒИ

personmaftuna 12-03-24, 02:06
0 НОДАВЛАТ УМУМИЙ ЎРТА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТЛАРИ ТАРМОҒИ КЕНГАЙТИРИЛАДИ

“Нодавлат умумий ўрта таълим ташкилотлари тармоғини кенгайтириш ва ушбу жараёнга тадбиркорлик субъектларини жалб қилиш...

XORIJIY DAVLATLARDA TA’LIM OLGANLIK TO‘G‘RISIDAGI HUJJATNI

personmaftuna 28-09-24, 17:14
0 XORIJIY DAVLATLARDA TA’LIM OLGANLIK TO‘G‘RISIDAGI HUJJATNI TAN OLISH TALABLARI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish...

menu
menu