Kuzatuvchi » Siyosiy » AYOL O‘QITUVCHILAR ISH STAJI YETSA, ERTAROQ PENSIYAGA CHIQSA BO‘LADIMI?

AYOL O‘QITUVCHILAR ISH STAJI YETSA, ERTAROQ PENSIYAGA CHIQSA BO‘LADIMI?

Bugungi kunda ta’lim tizimini ayol o‘qituvchilarsiz tasavvur qilish qiyin. Ularning ta’lim-tarbiyadagi o‘rni beqiyos. Shu boisdan ularni mehnatini qadrlash va yashash sharoitlarini yaxshilash uchun bir qancha tizimli ishlar olib borilmoqda.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga ko‘ra, yoshga doir pensiya olish huquqiga:

erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.

Qonunning 12-moddasiga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, “Mehribonlik” uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari — maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VII qism) umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqi ega bo‘ladilar.

Qonunning 12-1-moddasiga ko‘ra, ushbu Qonun 37-moddasining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida yigirma yillik ish staji bo‘lgan ayollar ellik to‘rt yoshga to‘lganda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Demak, maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, “Mehribonlik” uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari 50 yoshga to‘lganda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. 

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ЯККА ТАРТИБДА ЎТИЛГАН ДАРС УЧУН ҚАНДАЙ ҲАҚ ТЎЛАНАДИ?

personmaftuna 30-01-25, 12:02
0 ЯККА ТАРТИБДА ЎТИЛГАН ДАРС УЧУН ҚАНДАЙ ҲАҚ ТЎЛАНАДИ?

Вазирлар Маҳкамасининг 2021-йил 12-октябрьдаги 638-сон қарорига 2-иловада тасдиқланган Жисмоний, ақлий, сенсор ёки...

“YOSHLAR DAFTARI” JAMG‘ARMALARI MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH

personmaftuna 28-09-24, 16:44
0 “YOSHLAR DAFTARI” JAMG‘ARMALARI MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yildagi 312-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston...

ҚУРИЛИШ МАЙДОНЛАРИДА АТМОСФЕРА ҲАВОСИНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ

personmaftuna 19-03-25, 06:38
0 ҚУРИЛИШ МАЙДОНЛАРИДА АТМОСФЕРА ҲАВОСИНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ ТАЛАБЛАРИГА РИОЯ ЭТМАГАНЛИК УЧУН ЖАВОБГАРЛИК БЕЛГИЛАНДИ

Қонун (ЎРҚ-1042-сон, 03.03.2025 й.) билан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга қўшимчалар ва ўзгартириш киритилди....

menu
menu