Kuzatuvchi » Siyosiy » NOGIRONLIK PENSIYASI TAYINLASHDA ISH STAJI QO‘SHIB HISOBLANADIMI?

NOGIRONLIK PENSIYASI TAYINLASHDA ISH STAJI QO‘SHIB HISOBLANADIMI?

— 20 yillik ish stajiga ega bo‘lgan  II guruh nogironiman. Nogironlik pensiyasi tayinlashda ishlagan staj inobatga olinadimi?

— Qonunchilikka ko‘ra, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi ushbu Qonunning 17 moddasida ko‘rsatilgan yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday huquq paydo bo‘lganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.

Yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt pensiyani hisoblab chiqarish uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 


 

 

Boshqa maqolalar

ЎЛИМНИ ҚАЙД ЭТИШ ТАРТИБИ

personmaftuna 23-03-24, 19:03
0 ЎЛИМНИ ҚАЙД ЭТИШ ТАРТИБИ

Оила кодексининг 223-моддасига асосан, ўлимни қайд этиш марҳумнинг доимий яшаш ёки вақтинча турган жойи бўйича...

DAVLAT ORGANLARIGA ONLAYN MUROJAAT QILISH: NIMALARNI BILISH

personmaftuna 02-05-24, 01:14
0 DAVLAT ORGANLARIGA ONLAYN MUROJAAT QILISH: NIMALARNI BILISH KERAK?

Ortiqcha vaqt va mablag‘ yo‘qotmasdan, uydan chiqmasdan ham davlat tashkilotlariga murojaat qilish mumkin....

XODIMLARNING MEHNAT QONUNCHILIGIGA OID AYRIM HUQUQLARI

personmaftuna 08-08-25, 14:49
0 XODIMLARNING MEHNAT QONUNCHILIGIGA OID AYRIM HUQUQLARI KAFOLATI

Qonunchilikka ko'ra, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o'z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog'liq...

menu
menu