Kuzatuvchi » Siyosiy » HAR YILGI MEHNAT TA’TILI HAQIDA: MUHIM 5 SAVOLGA 5 JAVOB

HAR YILGI MEHNAT TA’TILI HAQIDA: MUHIM 5 SAVOLGA 5 JAVOB

1. Mehnat ta’tili davomiyligi qancha bo‘lishi kerak?

Mehnat kodeksining 218-moddasiga binoan quyidagi toifa shaxslarga yoshi va sog‘lig‘ining holati hisobga olingan holda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi:

o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga — o‘ttiz kalendar kun;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga — o‘ttiz kalendar kun.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi yigirma yetti kalendar kun bo‘lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi, bundan davlat xodimlarining ayrim toifalari uchun qonunda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilning uzoqroq davomiyligi belgilangan hollar mustasno. 

2. Mehnat  ta’tilidan yilda 2 marta foydalansa bo‘ladimi?

Ha albatta. Xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili qismlarga bo‘linishi mumkin. Bunda ushbu ta’tilning hech bo‘lmaganda bir qismi o‘n to‘rt kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak.

3. Yangi ishga kirgan xodim qancha vaqtdan keyin mehnat ta’tiliga chiqa oladi?

Birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan olti oy o‘tganidan keyin yuzaga keladi. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimga ishlagan olti oy o‘tguniga qadar ham mehnat ta’tili berilishi mumkin.

4. Yillar davomida foydalanilmagan ta’tildan keyinchalik birdaniga foydalanish mumkinmi?

Har yilgi mehnat ta’tili har yili, ushbu ta’til berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga ko‘ra joriy yilda har yilgi mehnat ta’tilini to‘liq berish imkoni bo‘lmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan ta’tilning o‘n to‘rt kalendar kundan ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin bo‘lib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarga, nogironligi bo‘lgan xodimlarga har yilgi mehnat ta’tilini, shuningdek ushbu Kodeksning 481 va 483-moddalarida ko‘rsatilgan har yilgi qo‘shimcha ta’tillarni bermaslik taqiqlanadi.

5. Kimlarga o‘zining xohishiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili unrga qulay bo‘lgan vaqtda beriladi?

Ayollarga — homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin;

bolani parvarishlash ta’tilidan foydalanayotgan xodimga ushbu ta’tildan oldin yoki keyin;

o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bir yoki undan ortiq nafar bolani (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolg‘iz ota-onaga, shu jumladan beva ayollarga, beva erkaklarga, nikohdan ajralganlarga, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga);

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga;

1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

o‘n sakkiz yoshdan kichik bo‘lgan shaxslarga;

ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotganlarga, agar ular o‘zining har yilgi mehnat ta’tilini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, bitiruv malakaviy ishlarini, magistrlik dissertatsiyalarini, kurs, laboratoriya ishlarini va boshqa o‘quv ishlarini bajarish vaqtiga to‘g‘rilab olishni xohlasa;

“O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga;jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoxud boshqa ichki hujjatlarda belgilangan hollarda boshqa xodimlarga.

Ishlaydigan erkaklarga har yilgi mehnat ta’tili ularning xohishiga ko‘ra xotinining homiladorlik va tug‘ish ta’tili davrida beriladi.

Jadvalda belgilangan har yilgi mehnat ta’tilini berish vaqti xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan o‘zgartirilishi mumkin.


Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

DAVLAT ХARIDLARIDA KIMLARGA IMTIYOZLAR BERILADI

personmaftuna 05-08-24, 20:18
0 DAVLAT ХARIDLARIDA KIMLARGA IMTIYOZLAR BERILADI

Prezident tomonidan 10.07.2024 - yildagi “Davlat хaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik...

TOʻLOV TIZIMLARINING ХAVFSIZLIGI QANDAY TA’MINLANADI?

personmaftuna 23-06-24, 23:33
0 TOʻLOV TIZIMLARINING ХAVFSIZLIGI QANDAY TA’MINLANADI?

Markaziy bank boshqaruvining 21.05.2024-yildagi 3513-son buyrugʻi bilan Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov...

ҲАЙДОВЧИ АВТОМАШИНА СИГНАЛИНИ ХОХЛАГАН ЖОЙДА ЧАЛИШГА ҲАҚЛИ

personmaftuna 23-03-24, 22:40
0 ҲАЙДОВЧИ АВТОМАШИНА СИГНАЛИНИ ХОХЛАГАН ЖОЙДА ЧАЛИШГА ҲАҚЛИ ЭМАС!

Ҳукуматнинг 172-сон қарорига илова қилиб келтирилган "Йўл ҳаракати қоидалари"нинг 48-бандига кўра, ➖ Товушли ишоралар...

menu
menu