OMBUDSMAN FUQAROLARNING SHIKOYATLARI ASOSIDA O‘Z TEKSHIRUVINI O‘TKAZISH HUQUQIGA EGALIGI BELGILANDI
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-1002-son, 15.11.2024-y.) imzolandi.
Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini tartibga soladi.
Qonunga ko‘ra, Ombudsman fuqarolarning, respublika hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, yuridik shaxslarning inson huquqlari va erkinliklarini buzayotgan tashkilotlarning yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi hamda o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.
Ombudsman murojaat etuvchiga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lib qolgan paytdan e’tiboran yoki boshqa vositalardan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qanoatlanmagan bo‘lsa, uning shikoyati bo‘yicha oxirgi qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran bir yil ichida berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi.
Quyidagilar Ombudsmanning ta’sir choralari hisoblanadi:
— ogohlantirish;
— taqdimnoma;
— iltimosnoma;
— talabnoma.
Ombudsman qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.
Ombudsman va uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi hududida havo, temir yo‘l, avtomobil yo‘lovchilar transportida (bundan taksi va shahar yo‘lovchilar transporti mustasno) imtiyozli yurish huquqiga ega.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ISHSIZLIK NAFAQASI KIMLARGA TAYINLANADI?
personmaftuna 21-02-24, 01:56Belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega. Ishsizlik nafaqasini...
ENDILIKDA PЕDAGOGLAR SUDGA SHIKOYAT QILGANIDA DAVLAT BOJI
personmaftuna 21-03-24, 10:11✅ Pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini...
TOSHKENTDA JAMOAT TRANSPORTI HARAKATI HAQIDA MA’LUMOT
personmaftuna 22-03-24, 00:342024-yilning 1-iyunidan qoida tarzida yangi raqamli xizmatlar va servislar birinchi navbatda Yagona portalning mobil...