Kuzatuvchi » Siyosiy » ISHSIZLIK NAFAQASI KIMLARGA TAYINLANADI?

ISHSIZLIK NAFAQASI KIMLARGA TAYINLANADI?

 Belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.

Ishsizlik nafaqasini to‘lash ishsiz shaxsning yashash joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Ishsizlik nafaqasiga soliq solinmaydi.

Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb tan olingan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran hisoblanadi va to‘lanadi.

Ishsizlik nafaqasi o‘n ikki oylik davr ichida ko‘pi bilan yigirma olti kalendarь hafta davomida to‘lanadi.

Joriy oyda ishsizlik nafaqasini to‘lash o‘tgan oy uchun amalga oshiriladi.
To‘liq bo‘lmagan kalendarь oy uchun ishsizlik nafaqasini to‘lash chog‘ida ishsizlik nafaqasi mazkur nafaqa to‘lanishi kerak bo‘lgan ushbu kalendarь oydagi kunlar sonining to‘liq kalendarь oydagi kunlar soniga mutanosib miqdorda to‘lanadi.
Ishsizlik nafaqasini olish davrida ishsiz shaxs kasal bo‘lgan taqdirda ishsizlik nafaqasini ishsiz shaxsning qarindoshlari (otasi, onasi, eri (xotini), voyaga etgan bolalari) yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ishsiz shaxsning boshqa ishonchli shaxslari tomonidan olishga yo‘l qo‘yiladi.
 O‘z mehnat stajini hujjat bilan tasdiqlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslarga ishsizlik nafaqasini tayinlash chog‘ida ularga ilgari ishlamaganlar va birinchi marta ish qidirayotganlar sifatida qaraladi.

Ishsizlik nafaqasini olish davrida ishsiz shaxs ish qidirishi va ishga joylashtirishga doir yo‘llanma (ishga joylashishga ko‘maklashish yuzasidan murojaatnoma) yoxud kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malakasini oshirishga yo‘llanma olish uchun ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga murojaat qilishi shart.

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.




Boshqa maqolalar

СУВ РЕСУРСЛАРИНИ БОШҚАРИШ РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ

personmaftuna 19-03-25, 06:36
0 СУВ РЕСУРСЛАРИНИ БОШҚАРИШ РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ

“Осиё тараққиёт банки иштирокида “Иқлим технологиялари орқали сув ресурсларини бошқаришни ривожлантириш” лойиҳасини...

SOXTA TABIBLIK BILAN SHUG‘ULLANISH JAVOBGARLIKKA SABAB

personmaftuna 13-12-24, 11:02
0 SOXTA TABIBLIK BILAN SHUG‘ULLANISH JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

Hozirda ko‘pchilik fuqarolar soxta tabiblarning qurboniga aylanib bormoqda. Ushbu turdagi xizmatlar fuqarolarning...

KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERGANLARNING QARINDOSHLARI HAM

personmaftuna 16-12-24, 19:17
0 KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERGANLARNING QARINDOSHLARI HAM DAVLAT HIMOYASIDA BO‘LADI

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish...

menu
menu