FUQAROLIK HUQUQ VA BURCHLARI QANDAY ASOSLARGA KO’RA VUJUDGA KELADI?
Ma’lumki, FK ning 8-moddasiga muvofiq fuqarolik huquq hamda burchlarni keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi.
📝Fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:
1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan bo’lmasa-da, lekin unga zid bo’lmagan shartnomalar va boshqa bitimlardan;
2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari hujjatlaridan;
3) sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan;
4) qonun yo’l qo’yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;
5) fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida;
6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;
7) asossiz boyib ketish natijasida;
8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida;
9) qonun hujjatlari fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog’laydigan hodisalar natijasida.
Davlat ro’yxatidan o’tkazilishi shart bo’lgan mol-mulkka bo’lgan huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, unga bo’lgan tegishli huquqlar ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
N.NURJONOV,
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
TALABA BOʻLISH ISTAGIDAGI XOTIN-QIZLAR SHOSHILING: OILA VA
personmaftuna 15-05-24, 07:47Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan...
INSON HUQUQLARI BO’YICHA OMBUDSMAN HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT
personmaftuna 22-03-25, 11:33O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs bo‘lib, u davlat...
OʻQITUVCHISINI NAVBATDAGI ATTESTATSIYASI EDI YANA OʻTOLMADI
personmaftuna 19-05-24, 03:15Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga 1-ilova “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus,...