Ma’lumki, FK ning 8-moddasiga muvofiq fuqarolik huquq hamda burchlarni keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi.
📝Fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:
1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan bo’lmasa-da, lekin unga zid bo’lmagan shartnomalar va boshqa bitimlardan;
2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari hujjatlaridan;
3) sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan;
4) qonun yo’l qo’yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;
5) fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida;
6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;
7) asossiz boyib ketish natijasida;
8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida;
9) qonun hujjatlari fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog’laydigan hodisalar natijasida.
Davlat ro’yxatidan o’tkazilishi shart bo’lgan mol-mulkka bo’lgan huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, unga bo’lgan tegishli huquqlar ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
N.NURJONOV,
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.