Kuzatuvchi » Siyosiy » XORIJIY TIL VA ZAMONAVIY KASBLARGA O‘QITISH

XORIJIY TIL VA ZAMONAVIY KASBLARGA O‘QITISH

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining xorijiy tillar va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining   53-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflarida tayanch o‘quv rejasi asosida o‘qitish bilan bir qatorda “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” hamda “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishlari bo‘yicha ham ta’lim dasturlarini joriy etish hamda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish tashkil etiladi, unga muvofiq: 5 — 9-sinflarda xorijiy tilga o‘qitish intensivligini oshirish orqali o‘quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko‘nikmalar shakllantiriladi “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yo‘nalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan o‘quvchilar 10-11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi.

Qarorda belgilanishicha, “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishi doirasida:

o‘quvchilar Milliy malakalar ramkasining 2-darajasiga mos bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi; o‘quvchilarni kasblarga o‘qitish ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ustaxonalar tashkil etiladi va oylik ish haqi oliy ma’lumotli umumta’lim maktabi o‘qituvchisiga tenglashtirilgan “Kasbiy ta’lim ustasi” lavozimi joriy qilinadi; 

o‘quvchilar birinchi yo‘nalish — tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga jalb qilish orqali o‘quvchilarni ishchi kasblarga o‘qitish yoki ikkinchi yo‘nalish — umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan kurslarda o‘quvchilarni axborot texnologiyalariga oid zamonaviy kasblarga o‘qitish yo‘nalishlarning biri bo‘yicha kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitilishi ko‘rsatilgan. 

Bunda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh binolarini “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ishtirokchilariga amaliy monomarkazni tashkil qilish va keyinchalik o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida tekin foydalanishga berishga ruxsat etiladi   yo‘nalishlarning biri bo‘yicha kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitiladi.

 

M.SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABINING VAZIFALARI

personmaftuna 11-02-25, 02:27
0 BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABINING VAZIFALARI BELGILANDI

Vazirlar Mahkamasi 30.12.2024-yil dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va...

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING YAGONA REYESTRIGA QOʻSHIMCHA

personmaftuna 05-05-24, 11:56
0 TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING YAGONA REYESTRIGA QOʻSHIMCHA MA’LUMOTLAR KIRITILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.03.2024-yildagi VMQ 165-sonli “Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat х...

MA’MURIY JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLAR

personmaftuna 20-03-24, 06:41
0 MA’MURIY JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLAR

Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarga: g‘ayrihuquqiy harakatlarni to‘xtatish vakolati bor shaxslar...

menu
menu