Kuzatuvchi » Siyosiy » XODIMNING SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARI

XODIMNING SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARI

O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 175-moddasiga asosan, Mehnatga oid munosabatlar sababli ish beruvchiga taqdim etilgan, xodimning, shuningdek uning oila a’zolarining hayotidagi faktlar, voqealar va holatlar to‘g‘risidagi axborot xodimning shaxsga doir ma’lumotlaridir.

O‘zbekiston Respublikasi shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonuning 27-moddasiga ko‘ra,  Davlat shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinishini kafolatlashi, shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlarning yaxlitligini va but saqlanishi hamda shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya etilishi, shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berilishining oldi olinishi belgilangan. Shaxsga doir ma’lumotlar  jumlasiga xodim to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar kiradi: familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi; jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lsa); ma’lumoti; mehnat faoliyati boshlanganidan e’tiboran bajarilgan ishlari; doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manzili; pasportiga oid ma’lumotlar (seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilganligi) va identifikatsiya ID-karta ma’lumotlari;shaxsiy telefon raqami, elektron pochta manzili; soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ining raqami; majburiy tibbiy ko‘rik natijalari; xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari; oilaviy ahvoli, yaqin qarindoshlarining familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan sanalari; xodimning va (yoki) uning oila a’zolarining hayotidagi ish beruvchiga ma’lum bo‘lib qolgan faktlar, voqealar hamda holatlar haqidagi boshqa ma’lumotlar.

Xodimning shaxsga doir ma’lumotlari to‘g‘risidagi axborot maxfiy axborot toifasiga taalluqlidir.

M.SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING YAGONA REYESTRIGA QOʻSHIMCHA

personmaftuna 05-05-24, 11:56
0 TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING YAGONA REYESTRIGA QOʻSHIMCHA MA’LUMOTLAR KIRITILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.03.2024-yildagi VMQ 165-sonli “Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat х...

HUDUDLARDA “IT-SHAHARCHA”LAR TASHKIL ETILADI

personmaftuna 24-06-24, 10:07
0 HUDUDLARDA “IT-SHAHARCHA”LAR TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 15.05.2024-yildagi “Hududlarda yoshlarga raqamli teхnologiyalar va хorijiy...

AVTOMOBILLARNI TEXNIK KO‘RIKDAN O‘TKAZISH MUDDATLARI

personmaftuna 23-01-24, 00:25
0 AVTOMOBILLARNI TEXNIK KO‘RIKDAN O‘TKAZISH MUDDATLARI

Prezidentning 28.06.2022-yildagi PQ-298-son qaroriga ko‘ra; (https://lex.uz/docs/6085802) ✅ Jismoniy shaxslarga...

menu
menu