Kuzatuvchi » Siyosiy » HAYDOVCHI UCHUN QANDAY HARAKATLAR TAQIQLANADI? 7 TA HARAKAT

HAYDOVCHI UCHUN QANDAY HARAKATLAR TAQIQLANADI? 7 TA HARAKAT

Haydovchilarning holatida ham shunda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxs, albatta, yo‘l harakati qoidalarini to‘liq bilishi zarur hisoblanadi. Lekin ayrim hollarda yo‘l harakati qoidalarini yaxshi bilmaydigan shaxslar ham uchramoqda. Ushbu maqolada biz haydovchiga qanday harakatlar taqiqlanishini bilib olamiz.

1-harakat. Transport vositasini taqiqlangan modda(ichimlik)larni iste’mol qilgan yoki charchagan va betob holda boshqarish.

Transport vositasini spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mast holatda, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boshqarish taqiqlanadi.

Ko‘plab fuqarolarimiz “100 gramm” ichsam hech narsa qilmaydi” kabi hayollar bilan avtotransport vositasini boshqarishga harakat qilganlik holatlari ko‘plab uchrab turibdi. Spirtli ichimlik yoki boshqa moddalarning oz miqdorda iste’mol qilinishi ham insonning sog‘ holatda turishini cheklab qo‘yishi mumkin va shu boisdan, ushbu harakat qonunbuzilish hisoblanadi.

2-harakat. Transport vositasini boshqarish huquqisiz (ishonchnomasiz, sug‘urtasiz) boshqarish.

Tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan, yo‘l varaqasida yoki transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ism-familiyasi ko‘rsatilmagan (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan hollardan tashqari) shaxslarga transport vositasini boshqarish uchun topshirish taqiqlanadi.

Inson avtotransport boshqarishni bilishi bu uning avtotransportni boshqarishga huquqi borligini anglatmaydi. Chunki avtotransportni boshqarishni maxsus malakaga ega o‘qituvchilar tomonidan maxsus maktablarda o‘rganish lozim va shundan so‘ng avtotransportni boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun imtihon topshirishi kerak bo‘ladi. Ammo avtotransport vositalari ham turlarga bo‘lingani bois, ularni boshqarish huquqi bo‘yicha ham “kategoriya”lar mavjud. Siz faqatgina sizga boshqarish huquqi berilgan avtotransport vositalarinigina boshqara olasiz.

Qo‘shimcha qilish kerakki, avtotransport vositasini sug‘urtalash lozim. Agar u sizning avtotransportingiz bo‘lmasa, albatta, ishonchnoma bilan boshqarishingiz zarur bo‘ladi.

3-harakat. “Tormoz”i ishlamaydigan transport vositasini boshqarish.

Tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoezd tarkibida) nosoz bo‘lgan, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki ko‘rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan avtotransport vositalari boshqarish uchun yaroqsiz hisoblanadi, chunki sanab o‘tilgan kamchiliklari mavjud avtotransportni normal boshqarish imkoniyati cheklanadi va bu esa haydovchining hamda boshqalarning hayotiga xavf solishi mumkin. Shu boisdan ham bunday nosozliklarga ega avtotransportni boshqarish qonunga xilof hisoblanadi.

4-harakat. Transportga sirena va ratsiya o‘rnatish.

Tegishli ruxsatsiz transport vositalariga maxsus texnik jihoz (ratsiya, sirena va shu kabilar)lar o‘rnatish taqiqlanadi. Sirena boshqalarning e’tiborini chalg‘itishi va ularga xalaqit qilishi mumkin. Ratsiya bo‘lsa maxsus davlat organlarining faoliyatiga xalaqit berishi mumkinligini ham o‘ylash lozim. Shu kabi boshqa sabablarga ko‘ra, transport vositasiga sirena va ratsiyalarni o‘rnatish taqiqlanadi va bu qonunbuzilish hisoblanadi.

Sirena va ratsiyalar faqatgina maxsus vakolatli organlarning avtotransport vositalarigagina o‘rnatilishi mumkin.

5-harakat. Piyodalar harakatiga xalaqit berish.

Transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi, shu jumladan piyodalar jamlanmalari harakatiga xalaqit berish va ular orasiga kirish taqiqlanadi.

Masalan, siz piyodalar yurishi uchun mo‘ljallangan yo‘laklarda piyodalarga xalaqit bergan holatda harakatlanishingiz mumkin emas. Yoki maxsus transport vositalarining tashkiliy harakatlanayotganiga xalaqit qilishingiz qonunga zid hisoblanadi. Bundan tashqari, fuqarolar jamlanib turgan joylarning (konsert va tomoshalar kabi) orasiga transport bilan kirish mumkin emas va bu holatlarning barchasi qonunbuzilishdir.

6-harakat. Transport boshqarayotganda video ko‘rish.

Transport vositasini boshqarish paytida telefondan (telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarni ishlatmasdan turib so‘zlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish bundan mustasno), transport vositasi salonining old qismiga o‘rnatilgan tele, videomonitordan tele, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish taqiqlanadi.

Ko‘plab yo‘lovchilar haydovchilarning transport boshqarish chog‘ida telefon yoki boshqa qurilmalardan foydalanganliklarini ko‘rgan bo‘lsa kerak va bunga e’tibor bermagan bo‘lishi mumkin. Ushbu harakat to‘liq qonunbuzilishi hisoblanadi, shunday holatda siz haydovchini bu haqida ogohlantirishingiz kerak. Ammo haydovchi qo‘llarini ishlatmasdan telefonda quloqchin yoki boshqa qurilmalar orqali so‘zlashuv amalga oshirayotgan bo‘lsa, unda bu qonunbuzilish hisoblanmaydi.

7-harakat. Shovqin me’yoridan chiqish.

Aholi punktlarida transport vositalarining magnitofon va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalarni hamda dvigatel shovqinini belgilangan me’yordan baland ovozda qilib foydalanish taqiqlanadi.

Yo‘llarda ko‘plab transport vositalarida magnitofon ovozini eshitishingiz mumkin. Albatta, bu taqiqlanmagan, ammo ushbu magnitofonning ovozlari belgilangan me’yordan oshgan taqdirda ushbu trasport boshqaruvchisi jarimaga tortilishi hech gap emas. Shu bilan birga, transportning “gaz” ya’ni yurish pedalini me’yoridan ortiq bosish dvigatel ovozining ortishiga olib keladi va bunday harakatlarni amalga oshirish esa qonunbuzilish hisoblanadi. Agar bunday harakat uchun javobgarlikka tortilsangiz hayron qolmang.

Hurmatli haydovchilar va yo‘lovchilar, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish har birimizning majburiyatimizdir, faqat o‘zingiz haqingizda emas boshqalar hayoti ham o‘ylang va yo‘l harakati qoidalarini buzmang.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

MA’MURIY JAZONI QO‘LLASH, ENG YENGIL JAZONI QO‘LLASH

personmaftuna 11-12-24, 11:40
0 MA’MURIY JAZONI QO‘LLASH, ENG YENGIL JAZONI QO‘LLASH ASOSLARI: MUHIM 6 SAVOLGA JAVOB

Sud tegishli huquqbuzarlik uchun belgilangan eng kam jazodan ham kamroq jazo yoki o‘sha huquqbuzarlik uchun...

АҲОЛИ БАНДЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ДАРОМАДЛАРИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА

personmaftuna 30-01-25, 11:32
0 АҲОЛИ БАНДЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ДАРОМАДЛАРИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА ЯНГИ ЁНДАШУВЛАР ЖОРИЙ ҚИЛИНАДИ

“2025 йилда аҳоли бандлигини таъминлаш ва камбағалликни қисқартириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори...

RAQOBAT SOHASIDA BIRINCHI HUQUQBUZARLIK UCHUN –

personmaftuna 20-09-24, 07:09
0 RAQOBAT SOHASIDA BIRINCHI HUQUQBUZARLIK UCHUN – OGOHLANTIRISH

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 04.09.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va...

menu
menu