DAM OLISH KUNLARIDA YOKI ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARIDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH TARTIBI QANDAY?
Mehnat kodeksiga ko‘ra, belgilangan tartibda ish beruvchi tomonidan xodimga dam olish kunlarida yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun haq to‘lanadi.
Mehnat kodeksining 263-moddasiga asosan dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun quyidagilarga kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi:
ishbay ishlovchilarga — kamida ikki hissali ishbay baholar bo‘yicha;
mehnatiga kunbay va soatbay tarif stavkalari bo‘yicha haq to‘lanadigan xodimlarga — kunbay yoki soatbay tarif stavkasining kamida ikki hissasi miqdorida;
maosh oladigan xodimlarga — har bir ishlangan kun yoki soat uchun maoshdan tashqari kunbay yoki soatbay stavkasining kamida bir hissasi miqdorida.
Jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilingan ichki hujjatda, mehnat shartnomasida dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun qo‘shimcha to‘lovlarning yuqoriroq miqdorlari nazarda tutilishi mumkin.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Ish beruvchi tomonidan mehnat shartlariga asosan xodimga dam olish kunlarida yoki ishlanmaydigan bayram kunlarida Mehnat kodeksida ko‘rsatilgan tartibda haq to‘lanadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
2024-YIL 1-MAYDAN BOSHLAB, YOLG‘IZ KEKSALAR VA NOGIRONLIGI
personmaftuna 29-06-24, 08:24Prezidentning 27.12.2023-yil kungi PQ-410-son qaroriga sosan, ➖ “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan o‘zgalar...
“QOʻQON” ERKIN IQTISODIY ZONA HUDUDI KENGAYTIRILMOQDA
personmaftuna 05-08-24, 20:21Prezidentning 10.07.2024-yildagi “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi...
НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН ШАХСЛАРГА ҚУЛАЙ ВА ТЎСИҚЛАРСИЗ МУҲИТ
personmaftuna 31-07-24, 02:51“Ногиронлиги бўлган шахсларга қулай ва тўсиқларсиз муҳит яратиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент...