“QOʻQON” ERKIN IQTISODIY ZONA HUDUDI KENGAYTIRILMOQDA
Prezidentning 10.07.2024-yildagi “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-250-sonli qarori qabul qilindi.
“Qoʻqon” EIZ hududini kengaytirish, Fargʻona viloyatida import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish uchun Fargʻona viloyati Quvasoy shahar hokimligi zahirasiga kiritilgan 210,4 gektar yer qishloq хoʻjaligi yerlari toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilmoqda.
Fargʻona viloyati hokimligiga Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Qoʻqon” EIZning kengaytirilayotgan hududi bosh rejasini ishlab chiqish topshirildi.
“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi UK bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilanadi. Bosh reja loyihasini ishlab chiquvchi loyiha tashkiloti esa tender (tanlov) savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.
Uch yil davomida “Qoʻqon” EIZ uchun ajratilgan qishloq хoʻjaligi maqsadlaridagi sugʻoriladigan yer uchastkalari oʻrniga yangi yerlarni sugʻoriladigan yerlar toifasiga oʻtkazish uchun har yili teng ulushlarda oʻzlashtirish rejalashtirilmoqda.
2026-yil oхirigacha “Qoʻqon” EIZning kengaytirilayotgan hududida kamida 1 mlrd AQSh dollari miqdorida investitsiyalarni oʻzlashtirish, 11,7 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish, yiliga 965 mln AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, shundan 313,6 mln AQSh dollari miqdorida mahsulotni eksport qilish lozim.
“Qoʻqon” EIZning kengaytirilayotgan hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolari orqali bosqichma-bosqich ajratiladi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
XODIMDAN KOMMUNAL TOʻLOVLAR UCHUN ISH HAQQIDAN USHLAB
personmaftuna 27-11-24, 03:01Mehnat kodeksining 269-moddasiga asosan, umumiy qoidaga ko‘ra xodimning yozma roziligi bilan, xodimning roziligi...
“AHOLI BANDLIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNGA OʻZGARTISH VA
personmaftuna 28-10-24, 16:17O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 27.09.2024-yildagi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va...
BILASIZMI?
personmaftuna 30-04-24, 00:26Prezidentning 14.03.2024-yildagi PQ-126-sonli “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar...