KIBERJINOYAT UCHUN QANDAY JAVOBGARLIK BELGILANGAN?
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda saytlarni buzib kirish, yolg‘on xabarlar va turli xildagi virusli dasturlarni tarqatish kabi holatlar haqida xabarlar ko‘paydi.
Qonunchilikka ko‘ra, o‘zganing kompyuter uskunasini yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji):
- 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, BHMning uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga;
- 2 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
- 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
RAHBAR KADRLARNI BAHOLASH MARKAZI TASHKIL ETILADI
personmaftuna 20-06-25, 13:17“Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat Qarori (629-son, 04.10.2024-y.) qabul...
2024-YIL 1-MARTDAN
personmaftuna 19-05-24, 18:33Qonunchilikka kо‘ra, litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning 22 turi bekor qilindi....
XODIMNI TA’TILDAN NECHA MARTA CHAQIRIB OLISH MUMKIN?
personmaftuna 21-02-24, 03:22A maldagi qonun hujjatlarida mehnat ta’tilidan chaqirib olishlar soni cheklanmagan. Biroq uchta muhim shart mavjud. 1....