So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda saytlarni buzib kirish, yolg‘on xabarlar va turli xildagi virusli dasturlarni tarqatish kabi holatlar haqida xabarlar ko‘paydi.
Qonunchilikka ko‘ra, o‘zganing kompyuter uskunasini yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji):
- 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, BHMning uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga;
- 2 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
- 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.